O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Maxsus pedagogika

Savol va topshiriqlar 
 
1.Autizm sindromli bolalarda qanday asosiy belgilarni kuzatish 
mumkin? 
2. Autizm sindromli bolalarni nutq xususiyatlari? 
3.Autizm sindromli bolalarni o‘ziga xos xususiyatlari? 
 
 


110 
 
IV BOB. HARAKAT-TAYANCH A’ZOLARI 
JAROHATLANGAN BOLALAR 
 
1. Harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar 
 
Bolalar serebral falaji (BSF) – bosh miyaning harakat zonalari 
va harakatlarni o‘tkazuvchi yo‘llarining birlamchi jarohatlanishi 
bilan namoyon bo‘luvchi markaziy nerv tizimi kasalligi. Bolalar 
serebral falajida miyaning harakat va nutq harakat tizimlarining erta 
organik jarohatlanishi kuzatiladi. 
Ushbu nuqsonlarning sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin: 
infeksion kasalliklar, ayniqsa virusli infeksion kasalliklar; xomila-
dorlik davrida zaxarlanish va turli xildagi jarohatlar; surunkali 
kasalliklar; ona va homilaning qon guruhi yoki rezus faktori bo‘yicha 
o‘zaro mos kelmasligi hamda boshqa sabablar; ba’zi holatlarda esa, 
masalan onaning tug‘ruq vaqtida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi 
natijasida kelib chiquvchi tug‘ruq jarohatlari; xomilaning o‘z o‘qiga 
o‘ralib qolishi natijasida bolada kislorod yetishmasligining paydo 
bo‘lishi va buning oqibatidagi bosh miya nerv hujayralarining 
zararlanishi.
Respublikamizda so‘nggi paytlarda bolalarnining sog‘lom 
tug‘ilishini ta’minlash, alohida yordamga muhtoj bolalarning 
tug‘ilishini oldini olish hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda 
kamchiliklari bo‘lgan bolalarni ertaroq aniqlash chora-tadbirlari 
ustida talaygina ishlar olib borilmoqda. Bu masalani tez va samarali 
hal bo‘lishini ta’minlash maqsadida onaning xomiladorlik davridan 
boshlab to bola voyaga yetgunga qadar uning rivojlanishi tibbiyot 
xodimlari, o‘qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, korreksion 
pedagoglar tomonidan nazorat qilinib, ”Sog‘lom avlod”dasturini 
to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari ishlab 
chiqilmoqda, tashkil etilmoqda. Natijada, harakat-tayanch a’zolari 
jarohatlangan bolalar ham aniqlanib, ularga maxsus yordam 
ko‘rsatilmoqda. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning 


111 
ko‘pchiligida nogironlar aravachalari olib berilganligi sababli, ular 
bog‘cha va maktablarga qatnay boshladilar. 
Serebral falajlangan bolalarning rivojlanishidagi psixo-jismoniy 
nuqsonlar birinchi navbatda harakat, sensor va nutqiy kamchiliklar 
bilan bog‘liqdir. Bolalar serebral falajiga ega bo‘lgan bolalarda 
barcha harakat funksiyalarining shakllanishi orqada qoladi va 
kamchiliklar bilan shakllanadi: bolalarning boshini tutishi, o‘tirish, 
turish, buyumlar bilan harakatlarni amalga oshirish malakalari katta 
qiyinchilik bilan va juda kech rivojlanadi. 
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji, 
poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat-tayanch a’zolarining turli 
tug‘ma va orttirilgan deformatsiyasi – artrogripoz, oyoq-qo‘llarning 
majruhligi, axondroplaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bo‘yin, 
boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug‘ma oyoq-qo‘l 
suyaklri o‘sishining orqada qolishi, miopatiya – mushak to‘qima-
larida modda almashinuvi bilan bog‘liq bolgan irsiy kasallikda 
mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qo‘l-oyoqni harakatga keltira 
olmaydi. 
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchi-
ligida miya falaji kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasalligi hali 
yetilmagan, shakllanib bo‘lmagan miyaning kasalligidir. Onaning 
xomiladorlik davrida ma’lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish 
vaqtidagi patologik o‘zgarishlar, tug‘ilgandan to bir yoshgacha davr 
ichida bolani kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari 
shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi 
va buziladi.Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi 
(harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa 
intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy 
funksiyalari – nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati
nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali – mushaklarning 
qisqarish natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz 
bo‘ladi. Aniq maqsadni ko‘zlab bajarilgan ixtiyoriy harakatlar inson 
xatti-harakati, hissiy-irodaviy qobiliyati, bilish faoliyatini, hulqining 
shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi. 
Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat 
buzulishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo‘ladi. 
Adabiyotlarda bolalar miya falajining quyidagi shakllari qayd 


112 
qilingan: spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemip-
legiya, paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Yuqori-
dagi ta’sirlar natijasida bolaning bosh miyasida turli xildagi jarohat-
lanishlar kelib chiqadi. Bosh miyadagi harakat markazlarining 
jarohatlanish darajasi, xususiyatlariga ko‘ra bolada harakat tayanch 
a’zolardagi turli xildagi falajlanishlarni keltirib chiqaradi. Shunga 
ko‘ra bu toifadagi nuqsonli bolalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
1)Ikki yoqlama gemiplegiya; 
2)Spastik dipligiya; 
3)Giperkinetik shakli; 
4)Gemiparetik shakli; 
5)Anatonik-astatik shakli.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin