117
-
Kasbiy reabilitasiyaning maqsadi tayanch harakat a’zolari
falajlangan bolalarni mutaxassis defektologlar, pedagog va boshqalar
tomonidan maxsus korreksion ishlarni olib borilishini ko‘zlaydi.
-
Psixologik reabilitasiya. Reabilitatsiyaning bu turi tayanch
harakat a’zolari falajlangan bolalarning psixologik rivojlanishdagi
nuqsonlarni oldini olishga, emotsional doirasini, individual shaxsiy
xususiyatlarini yaxshilashga, ijtimoiy moslashuvini samaradorligini
oshirishga qaratiladi.
Quyida serebral falaj bolani ilk yoshidan ya’ni nutqini
rivojlanishgacha bo‘lgan davrda oilada ota-onalar tomonidan va
maktabgacha ta’lim muassasalarda ta’lim-tarbiya jarayonida olib
boriladigan korreksion-pedagogik ishlar, yoritilgan.
Serebral falajlangan bolalar bilan ilk yosh davrda olib boriladi-
gan reabilitatsion ishlarni oilada va maktabgacha tarbiya muassa-
salarida uzviy bog‘langan holda olib borish lozim. Davolov-korrek-
sion-rivojlantiruvchi, reabilitatsion ish tizimi fizioterapevt, davolov-
chi jismoniy tarbiya mutaxassisi, nevropatolog, logoped va oligofre-
nopedagogning hamkorlikdagi kompleks ishi asosida amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: