O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 26,77 Kb.
səhifə1/4
tarix26.09.2022
ölçüsü26,77 Kb.
#64162
  1   2   3   4
Shuhratov Sh Amaliy Bux referat восстановлен


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Iqtisodiyot fakulteti Sirtqi ta’lim
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi
5-bosqich o‘zbek guruhi
“Amaliy buxgalteriya” fanidan

Mustaqil ish
Mavzu: O‘rtacha oylik ish haqini hisoblash

Bajardi: Shuhratov Shohrux Sherzod o‘g‘li
Tekshirdi:______________________________

Toshkent-2022
Reja:
Kirish
1. Ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari. Ish haqi to‘lash shakllari.
2. Ish haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish. Ishchi bilan hisob-kitobning sintetik va analitik hisobi.
3. Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtiga zaxira qilinadigan summalarini hisobga olish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni hisobga olish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
O'zbekistonning mustaqil yuksalishi mobaynida qilingan ishlarini sarhisob qiladigan bo'lsak, ulkan yutuqlar qo'lga kiritilganligining guvohi bo'lamiz. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi» sohasida ham keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan buxgalteriya hisobinining tamoyillarini rivojlantirish maqsadida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, xususiy shakldan qat’i nazar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari va boshqarmalari, ularning Respublikamizda va undan tashqarida joylashgan tarmoq korxonalari, filiallari va boshqa shu’ba bo‘linmalaribuxgalteriya hisobining subyektlari bo‘la oladi.
Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv,majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat(chiqim)lar, foydalar, ularning harakatlari bilan bog‘liq xo‘jalikoperatsiyalari bo‘ladi.
Hisob siyosati deganda xo‘jalik subyektlari rahbarlariningbuxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishuchun qo‘llagan usullarning yig‘indisi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi, ular bo'yicha xalqaro talablarga javob beradigan milliy standartlar va boshqa me'yoriy hujjatlar yaratilishi, hisob milliy satandartlarining buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga tenglashtirilishi, vatanimizning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvida katta ahamiyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga (qimmatli qog’ozlar birjalariga, xalqaro banklarga, fondlarga va boshqalarga) chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o’rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. Qolaversa, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun ham tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikada xalqaro andozalarga to’la-to’kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.


Yüklə 26,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin