Algoritm tavsifi. Tahlil qilinayotgan signallarni multiplikativ deskremberlashda identifikatsiyalash algoritmi deskremberlar yordamida amalga oshiriladi va G(x) va 𝐺𝐺2𝑚𝑚 (𝑥𝑥) ko‘phadlar bu jarayonda muhim sanaladi, bu yerda m-algoritm parametri. (3) ifodaga binoan bu holat s(x) skremblerlashda noma’lum bo‘lgan signalni ifodalaydigan ko‘phadni mos ravishda G(x) va 𝐺𝐺2𝑚𝑚 (𝑥𝑥) ko‘phadlarni ko‘paytirishga ekvivalentdir. Agar skremberlanadigan signal additiv bo‘lsa, u holda quyidagi ko‘phadga ega bo‘lamiz.
Modellashtirish natijalari tahlili. Baholash farqi ehtimolligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslaganda noldan farqli bo‘lgan deskremberlangan τa va τv signallar mavhum bo‘lmaydi.
Buning sababi shundaki, olingan natijalar to‘plami tahlil qilinayotgan ma’lumotlar hajmiga bog‘liq. Umuman olganda empirik tanlashni bir-biridan ajratishda zarur bo‘lgan axborot umumiy holda mavjud emas. Eng yomon identifikatsiyalash shartlarida τa va τv baholarning bir-biridan farqini aniqlaymiz. Shunday shartlardan biri τ kattalikning ekstremal qiymatlaridir. Zamonaviy aloqa tizimlarida bu parametr qiymati 0,01 va 0,4 oraliqda bo‘ladi. 3-rasmda τ3/τ4 nisbatning τ kattalikdan m parametrning har xil qiymatlaridagi bog‘lanishlar keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, τ=0,01 va m=1 bo‘lganda baholarning minimal nisbati 50 ga teng. m ning katta qiymatlarida bu farq bir necha darajada ortadi.
Maqolada keltirilgan ma’lumotlar asosida radiomonitoring avtomatlashtirilgan tizimlarida skremblerning ko‘rinishini aniqlashda ushbu algoritmdan foydalanish mumkin.
Xulosa. Кeyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiysiyosiy islohotlarning samaradorligini oshirishning muhim sharti sifatida davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etishga muhim e’tibor qaratib kelinmoqda. Afsuski, bugungi kunda axborot xavfsizligi uchun yuz foizlik natijani ta’minlaydigan profilaktik muhofaza qilish tizimi mavjud emas. Shuning uchun hujumlarni aniqlash va ularga to‘g‘ri baho berish masalasi axborot xavfsizligi muammolarini hal qilishda birinchi o‘ringa chiqadi. Shu bois matnli steganografiya usullarini chuqur o‘rganish va ularni iqtisodiy masalalarda vujudga keladigan axborotlarni himoyalashda kriptografiya usullari bilan birgalikda foydalanish yuqori ahamiyatga egadir.
Shunday qilib, steganografiya usullarining rivojlanishi bevosita kompyuterda fayllarni saqlashdagi yangi texnologiyalarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, kelgusida axborotlarni yashirish va ularni uzatishda keng imkoniyatlar vujudga keladi.