O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “Psixologiya” FAKULTETI
“Ijtimoyi va iqtisodiy fanlar” KAFEDRASI
“Tarmoqlar iqtisodiyoti” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mikrokredit banklar ochish va ularning faoliyatini yo’lga qo’yish.
Topshirdi: 140-20 -guruh talabasi A.Aliyev
Qabul qildi: A.Nizametdinov Jizzax 2023
Mavzu: Mikrokredit banklar ochish va ularning faoliyatini yo’lga qo’yish.
Reja:
Mikrokredit tashkiloti nima va u qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
Mikrokredit banklar ochish tartibi.
Bank ochishdagi eng asosiy sifatlar.
Mikrokredit tashkiloti nima va u qanday xizmatlar ko‘rsatadi? Mikrokredit tashkiloti bank va boshqa muassasalar bilan bir qatorda kredit tashkiloti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan lisenziya asosida faoliyat yuritadi.
Mikrokredit tashkiloti ko‘rsatadigan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida mikrolizing (moliyaviy ijara)ni taqdim etish;
iste'mol kreditlarini taqdim etish;
qarz majburiyatlarini sotish va sotib olish (faktoring).
Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan asosiy farqi shundaki, u kredit mahsulotlarini faqat qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda taqdim etish huquqiga ega.
Mikrokredit tashkiloti quyidagilarga haqli emas:
qarz majburiyatlarini chiqarish hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) qabul qilish;
jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilish. Ta'sischilar (ishtirokchilar, mulkdorlar) bundan mustasno;
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, komission to‘lovlar va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;
o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishiga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta'minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas.
Mikrokredit tashkilotidan qaysi miqdorda qarz olishim mumkin? Bu savolga javob berish uchun mikromoliyalashning quyidagi turlarini ko‘rib chiqamiz:
Mikroqarz bu – qarz oluvchi jismoniy shaxsga 50 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda to‘lovlik, muddatlilik va qaytarishlik shartlari asosida taqdim etiladigan mablag‘lardir.
Mikrokreditlar – bu qarz oluvchiga 300 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda to‘lovlik, muddatlilik va qaytarishlik shartlari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etiladigan mablag‘lardir.
Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin.
Mikrolizing – mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida xaq evaziga berish nazarda tutilgan xizmatdir.
Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 600 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda pul beriladi.
Mikrokredit tashkiloti xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin? Mikrokredit tashkilotlarning xizmatidan foydalanishda birinchi o‘rinda Siz, o‘zingizga eng maqbul shartlardagi takliflarni tanlashingiz zarur.
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatish shartlari haqidagi ma'lumotlarni mikrokredit tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida (mikrokredit tashkilotlari ro‘yxati) yoki ularning ofislariga tashrif buyurgan holda bilib olish mumkin. Mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi mikrokredit tashkilotini tanlagach, unga yuridik va jismoniy shaxslar mikromoliyaviy xizmatdan foydalanish uchun ariza hamda o‘z faoliyati va daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etishadi.
MUHIM!!! MKTdan qarz olganingizda kredit summasi, MKT oldidagi majburiyatlaringizning bajarilishi haqidagi ma'lumotlar kredit byurosiga taqdim etiladi. Buni hisobga olgan holda, kredit tarixingiz buzilmasligi uchun siz o‘z majburiyatlaringizni vaqtida bajarishingiz lozim.
Markaziy banka asosiy stavkasi - pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog'liq. Shunday qilib, asosiy stavka iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek, aholi va biznesning iste'mol va investitsion (sarmoya kiritish) qarorlariga ta'sir ko'rsatgan holda ichki talab va inflyatsiya darajasi o'zgarishida ahamiyat kasb etadi.
Asosiy stavka darajasi Markaziy bank boshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda, agar inflyatsiya darajasi ko'tarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani ko'taradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi. Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirishga qaror qilsa, bozorni mumkin bo'lgan o'sish yoki pasayish haqida avvaldan xabardor qiladi.
O'z navbatida, tijorat banklari asosiy stavkaning traektoriyasini kuzatib, pul bozoridagi likvidlik yaqin kelajakda arzon yoki qimmatlashishini tushunadilar. Tabiiyki, bu esa, banklarni o'z mahsulotlari va xizmatlari narxlarini o'zgartirishga undaydi (masalan, aholi va tadbirkorlardan jalb etiladigan omonatlar va ularga ajratiladigan kreditlar bilan bog'liq xarajatlar). Agar iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining o'sish sur'ati jiddiy tezlashsa va Markaziy bank asosiy stavkani ko'tarsa, ushbu holat banklar tomonidan depozit va kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirish ehtimolini yuzaga keltiradi. Bu esa, banklararo (joriy likvidlikni ta'minlash maqsadida banklar bir-birlariga pul mablag'larini ma'lum bir foiz evaziga taqdim etadigan bozor) va umuman olganda pul bozorida mablag'larni jalb etish bilan bog'liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi hamda asosiy stavkaning pasayishi banklararo pul bozorida pul mablag'larini jalb etish arzonlashishiga, bu esa, yuqori bo'lmagan foiz stavkalarida kreditlar ajratish orqali aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy manbalarning maqbullashishiga sabab bo'ladi. Foiz stavkalarini pasaytirish banklararo raqobatga juda ham bog'liq. Markaziy bank asosiy stavkasi kredit tashkilotlari tomonidan mijozlar bilan shartnomalar tuzishda qo'llanilishi mumkin. Bunday hollarda kredit bo'yicha foiz stavkasi asosiy stavkaga "bog'langan" va foiz to'lovlari miqdori asosiy stavka darajasiga qarab o'zgaradi.
Mamlakatimizda 2023 yilning 16 martdan boshlab asosiy stavka 14%ni tashkil etadi. Albatta biz bunday bank ochgan taqdirimizda u haqida ma`lumotlarni kimlarga oshkor qilish yoki qilmasligimiz haqida ko’plab savollar mavjud va ular quyidagi javoblar orqali o’z tastig’ini topgan:
Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar qanday holatlarda taqdim etiladi?
vakolatli davlat organiga: pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan holatda
prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta'minlash maqsadida
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha
davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda
sudga uning yozma so‘rovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar bo‘yicha
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga
davlat soliq xizmati organlariga
shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlariga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda
Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni mijozning (vakilning) merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislariga taqdim etilishi mumkinmi?
Mijoz (vakil) to‘g‘risidagi, bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislariga, agar ular meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etsalar, 5 kun ichida bank tomonidan taqdim etiladi.