O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNIG TAHLILI



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/36
tarix13.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57867
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi m

III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNIG TAHLILI 

 

3.1. Kartoshka X-virusini ajratish va aralash infeksiyadan  

biologik tozalash  

          Olib  borilgan  tajribalar  va  kuzatishlar  natijasida,  juda  ko‗p  hollarda 

kartoshkaning  X,  S,  M,  A  va  Y-viruslarining  aralash  holda  kelib  o‘simlikdagi 

kasallikni yanada kuchaytirishi kuzatilgan (3-rasm) [13].  

 

 

 



Izoh: rasmning chap tomonida kasallangan, o`ng tomonida esa sog`lom o`simlik bargi berilgan 

3-rasm. Kartoshka navlaridagi virus kasalliklari va ularning alomatlari 

(Fayziyev, 2011) 

А – X  va S  viruslar bilan kasallangan Diyora navi; Б, Д – L va Х- viruslari bilan kasallangan To`yimli 

navi; В – kartoshkaning L-virusi bilan kasallangan Sante navi; Г, Е –Kartoshkaning Х, S vaY –viruslari 

bilan kasallangan Aqrab navi. 



 

 

Bu  esa  virusli  kasallikning  kuchayishiga  sabab  bo‗lishi  mumkin. 



Viruslarning  bunday  aralash  kelishi  aynan  bir  virusga  ajratib  olish  unga  qarshi 

kurash  choralarini  ishlab  chiqish  jarayonida  bir  qator  qiyinchiliklarni  keltirib 

chiqaradi.  Chunki  bu  viruslarning  xo‗jayin  o‗simliklari  aksariyat  hollarda  bir  xil 



3 5

 

 



bo‗ladi.  Shuning  uchun  virusni  ajratish  uchun  zarur  bo‗lgan  qulay  xo‗jayin 

o‗simlikni aniqlash va aralash viruslardan tozalash yo‗llarni ishlab chiqish muhim 

ahamiyatga ega. 

Kartoshkaning  ,,Diyora‘‘  navida  xol-xol  mozaika  va  bargning  buralishi  va 

barg  plastinkasining  kichrayishi  kabi  kasallik  alomatlarini  namoyon  qilgan 

o‗simliklar kartoshkaning X va S-viruslari bilan, ,,To‗yimli ‘‘navida  esa mozaika 

va  bargning  qayiqsimon  buralishi  kasallik  alomati  mavjud  bo‗lgan  o‗simliklar  

kartoshkaning    L,  X  va  M-viruslari  bilan,  kasallik  alomati  bargning  buralishi 

bo‗lgan  ,,Sante  ‘‘navi    faqat  kartoshkaning  L-virusi  bilan    ,,Aqrab‘‘  navi    esa  

kasallik    alomati    bargning  dag‗allashishi  va  mozaika  sifatida    paydo  bo‗lgan 

o‗simliklar  kartoshkaning  X,  S  va  Y-viruslari  bilan  kasallanganligi  IFA 

yordamidagina tekshirishlar natijasida aniqlandi [13]. Mamlakatimizda o‗rganilgan  

kartoshka viruslaridan mexanik usulda va hasharotlar yordamida juda oson tarqala 

oladigan  va  o‗simlikda  bir  necha  yil  davomida  kasallik  alomatini  namoyon 

qilmasdan  saqlanib,  hosildorlikka  katta  zarar  keltiruvchi  viruslardan  biri  bo‗lgan 

Kartoshka  X-virusini    o‗rganish  maqsad  qilindi  va  buning  uchun  dastlab  virusni 

ajratib olish, aniqlash va biologik tozalab, bir qator xususiyatlarini o‗rganish zarur 

edi.    Viruslarni  ajratish  va  biologik  tozalashda  mazkur  virusni  spetsifik  nekroz 

hosil qiluvchi va tizimli kasallantiruvchi o‗simliklardan o‗tkazib boshqa virusdan 

tozalash  ko‗zda  tutiladi.  Bu  jarayonda  virusning  yuqish  yo‗llarini  ham  hisobga 

olish  yaxshi  samara  beradi.  KXV  va  KSB  larini  ajratish  va  biologik  tozalash 

sxemasi  4-rasmda keltirilgan.  

KXV  ni  ajratishda  asosiy  tabiiy  manba  sifatida  kartoshkaning  ―Diyora‖ 

navidan  va  dastlabki      differensiator    o‗simlik    sifatida    Datura  stramonium  L. 

o‗simligidan   foydalanildi,   chunki   bu   o‗simlik    kartoshkani kasallantiruvchi 

viruslar    ichida    KXV    dan    tashqari    faqatgina  kartoshkaning  L-virusi  bilan 

kasallanadi,  ammo  bu  virus  mexanik  usulda  yuqmasligi,  faqat  payvand  yoki 

hasharotlar  yordamida  yuqishi  [11]  sababli  bizning  tajribalarimizda  o‗simlikning 

bu virus bilan kasallanish xavfi bo‗lmadi.  

 



3 6

 

 



 

 

           




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin