2.2. X-virus bilan kasallangan o`simliklardan yuqumli shira tayyorlash va
o`simliklarni mexanik usulda kasallantirish
Kartoshka X-virusi bilan kasallangan kartoshka bargini (5-10g) chinni
hovonchada 0.1M Fosfat buferi (1g namunaga 1ml buffer miqdorda) (pH-7.8)
ishtirokida
ezib
maydalaniladi.
Yanada
yaxshiroq
maydalash
uchun
gomogenizatordan (1-2minut) foydalansa ham bo`ladi.Gomogenatni 2-3 qavatli
dokadan o`tkaziladi. So`ngra minutiga 6-8 ming aylanish tezligiga ega sentrifugada
10minut davomida sentrifuga qilinadi. Cho`kmaga yaxshi ezilmagan o`simlik
qoldiqlari, hujayrani yirik birikmalari tushadi,virus esa cho`kmaning ustida bo`ladi.
Uni ajratib olinadi va virusni sog‘ o`simlikka yuqtirishda inokulum sifatida
foydalaniladi.
Virusni yuqtirish. Kasal o`simlikdan ajratib olingan shirani (inokulumni)
2-3 tomchisi sog` o`simlik bargiga tomiziladi va igna bilan barg sathi tirnaladi.
Ammo bu usullar kam natija beradi. Hozirgi vaqtda esa bu usul sal
o`zgartirilgan.Barg sathiga ozgina obraziv (korund, korbarund yoki kremniy
karbidi) sepiladi, 2-3 tomchi shirani tomiziladi va toza barmoq yoki shisha
tayoqcha yoki shpatel yordamida ohistalik bilan suriladi. Surtishning kuchi
bargning holatiga, yoshiga, o`simlikning, obrazivning sifatiga bog`liq bo`ladi.
10-15 minutdan so`ng shiraning (inokulumning) va obrazivlarning ortiqchalari
distillangan suv bilan yuvib tashlanadi.Virus barg tuklari va epidermisdagi mikro-
jarohatlari orqali hujayralarga kiradi.
Virus yuqtirilgan barglarga virus nomi, sana va hokazolar yozilgan
etiketkalar bog`lanadi. So`ngra ularni nam kameraga, yani suv solingan katta
eksikator yoki shishadan yasalgan 15-20l hajmli, usti zich yopiladigan idishlarda
saqlanadi. Buning uchun eksikatorning ustki qismiga 3-4 qator ip tortiladi va
ipning ikki uchi eksikator devorlariga plastilin yoki yopishqoq lentalar yordamida
yopishtiriladi. Iplarga zararlantirilgan barglar osib qo‘yiladi. Virus yuqtirilgan
3 2
barglarda kasallik alomatlarining paydo bo`lishi ishlatiladigan indikator
o`simlikning (Nicotina glutinosa da 48-soat, N.sylvestris da 76-80 soatda nekroz
hosil bo`ladi), virusning turiga, haroratga va shu kabi faktorlarga bog`liq
bo`ladi[1].
Virus yuqtirilgan so`ng 48-soat (N.glutinosa ),76-80soat ( N.sylvestris),ikki
haftada (Ch. amaranticolor, Ch.quinoa), 1-2oy va yillar mobaynida (daraxtlarda)
kuzatib boriladi. Indikator o`simliklarda paydo bo`lgan simptomlarini 48-72
soatdan so`ng nazorat bargidagi (yoki bargning yarmidagi) hamda tajriba
barglaridagi simtomlar sanaladi (nekroz yoki dog`, halqa bo`lsa), diametri
o`lchanadi, ya`ni paydo bo‘lgan kasalik alomatlarining hammasiga tavsif beriladi.
Dostları ilə paylaş: |