Neyrotexnologiyalarning eng istiqbolli tarmoqlari:
Neyrofarmakologiya.
Gen va hujayra terapiyasini rivojlantirish, erta
individual diagnostika, neyrodegenerativ kasalliklarni davolash va oldini
olish (qarilik demansi, Altsgeymer kasalligi va boshqalar), shuningdek
sogʻlom odamlarda aqliy qobiliyatlarni yaxshilashda qoʻllaniladi.
Neyromedikal muhandislik.
Organlarning, shu jumladan sun’iy sezgi
organlarida neyroprotezlashni rivojlantirish, harakatchanlikni yoʻqotgan
oyoq-qoʻllarni rivojlantirishga yordam beradigan neyrotexnologiyalar
yordamida reabilitatsiya qilish vositalarini ishlab chiqishda qoʻllaniladi.
Neyrota’lim.
Ta’limda
virtual
va
toʻldirilgan
reallik
neyrointerfeyslari va texnologiyalarini rivojlantirish, oʻquv dasturlari va
qurilmalarini ishlab chiqish, xotira qobiliyatini oshirish va miya
resurslaridan foydalanishni tahlil qilish uchun asboblarni yaratishda
qoʻllaniladi.
Neyro oʻyin-kulgi va sport.
Breyn-fitnesni rivojlantirish - miya uchun
mashqlar, neyrogadjetlardan foydalangan holda oʻyinlarni, shu jumladan
neyrorivojlantiruvchi oʻyinlarni yaratishda foydalaniladi.
Neyrokommunikatsiya
va
marketing
.
Neyromarketing
texnologiyalarini rivojlantirish (mijozlarning xatti-harakatini, unga ta’sir
qilish imkoniyatlari, shuningdek neyrotexnologiyalar yordamida aks
ta’sirni oʻrganish usullari toʻplami), neyro- va biometrik ma’lumotlarga
asoslangan xatti-harakatlarni bashorat qilishda qoʻllaniladi.
Neyroassistentlar.
Tabiiy tilni tushunish texnologiyasini ishlab
chiqish, chuqur mashinali oʻqish (nutqni aniqlash, kompyuterni koʻrish va
tabiiy tilni qayta ishlash kabi algoritmlarni takomillashtirishga yordam
beradigan neyron tarmoqlariga asoslangan mashinali oʻqish), shaxsiy
elektron yordamchilarni (virtual kotib rolini oʻynaydigan veb-xizmatlar
225
yoki ilovalarni) va gibrid inson-mashinali intellektni yaratishda
qoʻllaniladi.
Neyrotexnologiya mutlaqo yangi soha boʻlishiga qaramay,
mutaxassislar quyidagi tendentsiyalarni aniqladilar:
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining
biologiya fakulteti, neyrofiziologiya va neyrokompyuter interfeyslari
laboratoriyasi boshligʻi, biologiya fanlari doktori, professor, Aleksandr
Yakovlevich Kaplan neyrochatni rivojlantirish zarurligini koʻrib chiqadi –
bu falaj boʻlgan va gapira olmaydigan odamlarni jamiyatning bir qismi
boʻlishiga imkon beradigan Internetda muloqot qilish va hatto ish topishga
koʻmaklashadigan qurilmadir.
Oliy Iqtisodiyot maktabining psixologiya boʻlimi boshligʻi,
Neyroekonomika va kognitiv tadqiqotlar markazining yetakchi ilmiy
xodimi
Vasiliy
Klyucharev
kelajakda
toʻgʻridan-toʻgʻri miyaga
joylashtirilagan – invaziv interfeyslarni yaratishda katta yutuq boʻladi, deb
hisoblaydi. Avvalo, ushbu texnologiya turli xil kasalliklarni davolashda
qoʻllaniladi, ammo nazariy jihatdan uni virtual oʻyinlarda ham qoʻllash
mumkin. Sankt-Peterburg politexnika universitetining «miya-kompyuter»
mobil interfeyslarini rivojlantirish loyihalari rahbari, «NeyroNet» RF
Ekspertlar kengashi a’zosi, NeuroTech tadqiqot markazining bosh direktori
va asoschisi Vitaliy Zubchenko hamda Fiztex maktablarini rivojlantirish
jamgʻarmasining uzluksiz ta’lim markazi bosh direktorining oʻrinbosari
Aleksey Pletenets neyrotexnologiya yaqin orada hatto onlayn aloqalarni
ham oʻzgartiradi deb ishonishadi. Masalan, his-tuygʻularni almashish
uchun neyrointerfeyslar paydo boʻladi, buning yordamida qaygʻu yoki
xursandchilikni suhbatdoshga toʻgʻridan-toʻgʻri va emotsional belgilar
toʻplamidan foydalanmasdan yetkazish mumkin boʻladi. Shuningdek,
neyro-yordamchilar ham paydo boʻladi – mavjud ovozli yordamchilarning
takomillashtirilgan versiyalari, ular egalarining ba’zi vazifalarini oʻz
zimmalariga oladilar, uchrashuvni eslatadilar va rejalashtirishdagi xatolarni
sezadilar. Bundan tashqari, Vasiliy Klyucharevning fikriga koʻra, yaqin
kelajakda neyrotexnologiya rivojlanishidagi muhim yoʻnalishlardan biri bu
neyrodegenerativ kasalliklarining oldini olish uchun neyrotexnologik
yechimlarni izlashdir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga
koʻra, neyrodegenerativ kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash uchun
226
sarf-xarajatlar Rossiyadagi sogʻliqni saqlash xarajatlarining 20 foizini
tashkil qiladi.
Sun’iy intellekt – informatikaning alohida sohasi boʻlib, odatda
inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, oʻrgatish, muhokama
qilish,
masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini
yaratish bilan shug‘ullanadi.
Hozirda SI turli amallarni bajarishga moʻljallangan algoritm hamda
dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin boʻlgan bir
qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
Sun’iy intellekt (SI; AI –
Dostları ilə paylaş: |