354
iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ochiq davlat
ma’lumotlarini ishlab chiqish, shakllantirish va ulardan foydalanish
mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, “ochiq ma’lumotlar”ga
asoslangan davlat mobil ilovalari va dasturlari
ulushini oshirish;
davlat ma’lumotlarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish
orqali davlat boshqaruvida ma’lumotlarni to‘plash va raqamlashtirish
uchun kerak bo‘lgan barcha resurslarni yaratish orqali asoslangan
qarorlarni qabul qilishni avtomatik ravishda shakllantirish;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish,
shu jumladan ma’muriy tartibotlarni avtomatlashtirish orqali talab qilingan
ma’lumotlar va hujjatlarning sonini qisqartirish;
litsenziyalar va ruxsatnomalar berish bilan bog‘liq barcha tartib-
taomillarni optimallashtirish va ularni real vaqt rejimida ishlovchi elektron
shaklga o‘tkazish;
elektron hukumat tizimi doirasida elektron davlat xizmatlaridan aholi
va tadbirkorlik subyektlari uchun shaxsni
masofadan tasdiqlashning
qo‘shimcha shakl va usullarini joriy etilishini nazarda tutuvchi raqamli
identifikatsiyalashni rivojlantirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron hukumat tizimlari orqali
yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan axborot yetkazish va xabardor qilish
imkoniyatini;
aholi
va
tadbirkorlik
subyektlarining
davlat
organlari
va
tashkilotlariga murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini onlayn rejimida
kuzatish samarali tizimlarini (“treking”) joriy etish;
davlat organlarining faoliyatiga raqamli texnologiyalarni
joriy etish
va ulardan foydalanish samaradorligini baholash tizimini joriy etish;
aholining takliflari va mulohazalarini, shuningdek, aholi fikri asosida
amalga oshirilayotgan loyihalar ulushini oshirishni
hisobga olgan holda
qonun hujjatlari loyihalarini onlayn tarzda muhokama qilishda fuqarolar va
tadbirkorlar ishtirok etishi mexanizmini yanada takomillashtirish;
davlat organlari va boshqa subyektlarning barcha xizmatlari uchun
bojlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni onlayn to‘lash va navbatlarni
avtomatlashtirish axborot tizimlari komplekslarini
yaratish;
arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish va
ochiq ma’lumotlarni shakllantirish doirasida zarur bo‘lgan davlat organlari
va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalarida ma’lumotlarni shakllantirish;
355
idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini,
elektron hukumat
xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlarining axborot resurslarini,
markaziy ma’lumotlar bazalarini xavfsiz saqlash va ularning
integratsiyasini ta’minlaydigan, shuningdek, davlat organlari va
tashkilotlarining turli axborot tizimlaridagi turli tarqoq hamda takroriy
ma’lumotlarni keyinchalik tahliliy qayta ishlash imkoniyatini yaratadigan
Elektron hukumatning ma’lumotlarini qayta ishlash markazini yaratish;
jamiyat hayotining barcha jabhalariga raqamli texnologiyalarni keng
joriy qilish, shu jumladan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha raqamli
infratuzilmani shakllantirishni va elektron hukumat axborot tizimlarini
keng joriy qilishni yanada jadallashtirish:
sog‘liqni saqlash, bunda tibbiyot sohasida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va elektron
xizmatlarni taqdim etishni hisobga olgan holda milliy integratsiyalashgan
axborot tizimini joriy etish;
ta’lim
jarayoniga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni
avtomatlashtirish
va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish;
mehnat faoliyati va aholi ijtimoiy ta’minotini tartibga solish
jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
aholiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali
uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish
orqali qurilish sohasida shaffoflik va sifatni oshirish tizimini yo‘lga
qo‘yish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
orqali qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish unumdorligini oshirish,
mahsulotlar tannarxini kamaytirish va eksport salohiyatini oshirish tizimini
tashkil etish;
elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazish,
uglevodorod xomashyosini qazib chiqarish, qayta ishlash hamda
iste’molchilarga
yetkazish
jarayonlarini
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tatbiq etish orqali to‘liq nazorat etish tizimini yo‘lga
qo‘yish;
ochiq ma’lumotlarga qulay kirishni ta’minlash uchun davlat
idoralariga API-larni ishlab chiqish va taqdim etish.