68. Abdulla Qodiriyga mustaqillik yillarida qanday mukofotlar berildi? Xalqimizning sevimli yozuvchisi, ardoqli adib Abdulla Qodiriy O’zbekiston
mustaqillikka erishgach, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga (1991 ) va
“Mustaqillik” (1994) ordeniga sazovor bo’ldi, asarlari qayta-qayta chop etildi.
69. ”Ahvolimiz”,”Millatimga” she’rlari kimniki? Abdulla Qodiriy 1909-yildan badiiy ijod bilan shug’ullana boshladi. Dastlab
kichik-kichik she’rlar, maqolalar, hajviy asarlar bilan matbuotda qatnashdi. “To’y”
nomli birinchi she’rini “Sadoi Turkiston” gazetasining 1914-yil 4-aprel sonida
chop ettiradi. So’ngra “Ahvolimiz”,“Millatimga”, “Fikr aylagil” singari she’rlarni
yozdi. Bu she’rlarida Abdulla Qodiriy kitobxonlarni ezgulikka, ilm-ma’rifatga
undadi, ushbu g’oyalariga go’zal badiiy libos kiygizdi. Uning she’rlari XX asr
o’zbek ma’rifatparvarlik adabiyoti, qolaversa, jadid adabiyotining ilk namunalari
sifatida muhim qimmatga ega. “Ahvolimiz” she’rida shoir xalq va yurt taqdirini
ko’zlab yozadi:
Ko’r bizning ahvolimiz, g’aflatda qanday yotamiz, Joyi kelgan chog’ida vijdonni pulga sotamiz… Kelingiz, yoshlar, ziyolilar, bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak uyg’otamiz. 70. Abdulla Qodiriy 1924-yilda qayerda o’qidi? Abdulla Qodiriy 1924-yilda Moskvadagi V. Bryusov nomidagi Oliy
Adabiyot institutida o’qidi, rus tilini mukammal o’zlashtirdi va bu yozuvchi
22
Султонов Иззат. Ёзувчи Aбдуллa Қoдирий ҳaқидa. – “Қизил Ўзбекистон” гaзeтaси, 1956 йил, 28 oктaбр.
23
Oйбeк. Tуғмa aдиб.- “Фaн вa турмуш” журнaли, 1967 йил, 7-сoн, 23-бeт.
ijodida muhim ahamiyat kasb etdi. U Moskvadan qaytgach, matbuot sohasida
ishladi, ijodiy ish bilan band bo’ldi. Natijada, yangi o’zbek jurnalistikasining
asoschilari qatoridan joy oldi.