O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə20/21
tarix18.01.2023
ölçüsü442,5 Kb.
#79635
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
NAROVA NAFISA

Taqrizchi
___________________________
___________________________ _________________


Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi 4 kurs “A“ guruhi talabasi Norova Nafisa Sherali qizining “Kurashchi qizlarning tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishda maxsus mashiqlardan foydalanish (boshlang’ich guruxlar misolida)” mavzusida bajargan bitiruv malakaviy ishiga

TAQRIZ


Talaba Norova Nafisa tomonidan tayyorlangan mazkur bitiruv malakaviy ishi o’z mavzusi, maqsad vazifalari, tanlangan ilmiy uslublari jihatlaridan dolzarb yo’nalishlar doirasiga mansubdir.


Kirish qisimida mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi, tadqiqot farazi, tadqiqot vazifasi, tadqiqotning yangiligi uning nazariy va amaliy mohiyati, himoyaga chiqarilgan asosiy holatlar ko’rsatilgan.
Kurash bo’yicha xalqaro turnirlarda, Osiyo, Jahon birnchiliklarida polvon qizlarimiz yuksak natijalarga erishdi. Qizlarimiz xalqaro turnirlarda, Osiyo va Jahon birinchiliklarida yuqori natijalarga erishmoqda. Kurash 1999 yildan Jahon sport olamida alohida o’rinni egalladi, xozirgi kunda yuqori saviyalarda rivojlanmoqda va buning uchun juda ko’p ilmiy izlanishlar xam olib borilmoqda. Lekin bu bajarilayotgan ishlar kamlik qilishi ko’zga tashlanib qolmoqda. Xozirgi kunda kurashchi qizlarning yanada yuqoriroq natijalarga erishish uchun yuqori talablar qo’yilmoqda. Ya’ni, ularning tayyorgarlik jarayonlarining tuzilishidagi bazaviy tayyorgarlik bosqichi qayta ko’rib chiqish muammolari vujudga kelmoqda. Bazaviy tayyorgarlik bosqichida boshlang’ich tayyorgarlik guruhlari mavjud. Bu bolang’ich tayyorgarlik guruhlaridagi tayyorgarlik tomonlaridan biri – jismoniy tayyorgarlikdir. Jismoniy tayyorgarlikda esa beshta sifat mavjud. Hozirgi kunda mana shu beshta sifatdan tezkorlik va chidamlilik sifatlari yuqori natijalarga erishishda hal qiluvchi axamiyatga ega. Kurashchi qizlarning tayyorgarligida tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish e’tibordan chetda qolmoqda. Yuqoridagi sabablarga ko’ra boshlang’ich guruh kurashchi qizlarining tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish dolzarb masala xisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining 1- Bobda mavzu doirasiga oid ilmiy-uslubiy va o’quv adabiyotlarini atroflicha qiyosiy tahlil qilish asosida masalani o’rganilganlik darajasini ochib berilgan.
2. Bobda tadqiqotning vazifalari, uni o’tkazish uslublari va tashkiliy masalalar o’z ifodasini topgan.
3 Bobda to’plangan ma’lumotlarni umumlashtirish Boshlang’ich guruh kurashchi qizlarning tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishda maxsus mashqlardan foydalanish yordamida texnik harakatlarni amalga oshirish va yuqori natijalar va tayyorgarlik ko’rsatkichlari hamda ularning tahlili qilgan.
Talaba Norova Nafisa tomonidan yozilgan bitiruv malakaviy ishi Bakalavr darajasini olish uchun to’liq talabga javob beradi.



Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin