Buyruqlar daftari bolalar bog’chasiga tartib raqami berilgandan keyin
rasmiylashtiriladi. Uning hamma sahifalari raqamlanadi, oxirida uning necha
varaqligi ko’rsatiladi.
Bolalarni hisobga olish daftari (Shakl DP-2) bolalar va ota-onalar haqidagi
ma’lumotlarni, bolalarning uy manzili, bog’chaga kelgan va undan (butunlay)
ketgan sanalarni o’z ichiga oladi.
Har bir guruhda bolalarning har kungi davomati (bog’chaga kelishi) hisobga
olinadi (Shakl DP-3).
Shuningdek, xodimlarning, bolalarning shaxsiy xujjatlari; tibbiy kartalari;
xodimlarning ish jadvali, ularning ish vaqtini hisobga olish tabeli; maktabgacha
tarbiya muassasasiga yo’l-yo’riq beradigan, uni tekshiradigan va nazorat qiladigan
kishilarning mulohaza va takliflarini yozish daftari; sanitariya jurnali; pedagogika,
ishlab chiqarish yig’ilishlari va ota-onalar majlislarining bayonnomalari; inventar
va oziq-ovqat mahsulotlarini hisobga olish daftari; muassasaning yillik, oylik ish
rejasi va boshqalar olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: