O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə2/5
tarix17.05.2023
ölçüsü324,5 Kb.
#115500
1   2   3   4   5
5111000-Kasb talimi (5310600-Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi)

Kengash kotibi M.Asqarova


I. UMUMIY QOIDALAR
1. 5111000-Kasb ta’limi (5310600- Yerusti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizom, 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “5111000-Kasb ta’limi (5310600- Yerusti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)) ta’lim yo‘nalishining malaka talablari” (keyingi o‘rinlarda – Malaka talablar) hamda № V511000/5310600/18 tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan o‘quv rejasining (keyingi o‘rinlarda – O‘quv rejasi) umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o‘quv dasturlari asosida tuzildi.

2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o‘rinlarda – Attestatsiya sinovi) O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko‘ra, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta’lim yo‘nalishi xususiyati, iqtidori va xohishiga ko‘ra bitiruv malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan, o‘quv rejasidagi ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishlari shart.


3. Attestatsiya sinovini topshirishga o‘quv reja va fan dasturlarini to‘liq tugatgan va o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga ruxsat beriladi.


4. Attestatsiya sinovi O‘quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab oladi hamda sinov topshiriqlari ushbu fanlar o‘quv dasturlari asosida tuziladi.


5. Attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining Malaka talablarida bitiruvchiga qo‘yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi.





Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin