Fanning maqsad va vazifalari Fan o`qitilishining maqsadi – bo`lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo`qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini o`rgatishdan iborat.
O`quv fanini o`rganishning asosiy vazifalari:hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o`rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o`rganish. SHuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o`rgatish, zararlangan shikastlanish o`choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o`tkazish, yong’inga qarshi xavfsizlik choralarini ko`rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko`nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.
Fan bo`yicha talabaning malakasiga qo`yiladigan talablar. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib «Hayot faoliyati xavfsizligi» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- bilimlarning bir butun tizimi bilan o`zaro bog’liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari to`g’risida;
- o`z bo`lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to`g’risida;
- xavf-xatarlarni identifikatsiyalash;
- xavfsizlikni ta`minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish;
- faoliyatning xavfsiz sharoitlarini loyihalash;
-ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi to`g’risida tasavvurga ega bo`lishi. - hayot-faoliyat xavfsizligini ta`minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini;
- faoliyat xavfsizligi sharoitlarini yaratishda mansabdor shaxslarning vazifalari va javobgarliklarini;
- ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish uslublarini;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini;
-ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigienik me`yorlarini tashkil etishni bilishi kerak.
- ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni;
-elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko`rsatganda va ta`mirlashda ko`riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari;
- zararsiz ish sharoitini ta`minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish vositalari;
-yong’in chiqish sabablari, ular oldini olish va o`chirishning tashkiliy va texnik vositalari;
- favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari;
- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish tamoyillari, uslublari va vositalari to`g’risida tushunchaga ega bo`lishi kerak.
- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lishi kerak.
-turli holatlarda jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsata olish;
- texnika, elektr va yong’in xavfsizligi talab va me`yorlarini tez va qat’iylik bilan bajarish tajribasiga ega bo`lishi kerak.