O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti “tarix”


 Bituruv malakaviy ishini himoya qilish



Yüklə 369,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix05.07.2023
ölçüsü369,55 Kb.
#135798
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
USLUBIY QO

7. Bituruv malakaviy ishini himoya qilish 
BMIni himoya qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Oliy va 
o`rta maxsus ta`lim vazirligining 1998 yil 31 dekabr 362-sonli buyrug`i 
bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlari 
bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to`g`risidagi Nizom»da 
belgilangan. 
BMI davlat atestatsiyasi komissiyasi huzurida himoya qilinadi. 
DAKning raisi Vazirlik tomonidan, DAK a`zolari rektor buyrug`i bilan 
tayinlanadi. 


19 
BMI himoyasi ochiq, oshkora, ilmiy etika qoidalariga amal 
qilingan holda o`tkaziladi. DAK raisi BMI himoyasi to`g`risidagi 
axborotni e`lon qiladi. U dastlab bitiruvchining familiyasi va otasining 
ismini, BMI mavzusi va rahbarining familiyasi, ishda himoya uchun 
kerakli hujjatlar mavjudligini aytib o`tadi. Shundan so`ng ishning asosiy 
mazmunini bayon etish uchun bitiruvchiga 10-15 minut vaqt beriladi. 
Talaba oldindan tayyorlangan slaydi asosida o`z ishining asosiy 
jihatlarini og`zaki ta`riflab beradi. Ma`ruza tushunarli bo`lishi uchun 
talaba ko`rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin. 
Ma`ruzadan keyin himoyada qatnashganlar va DAK a`zolari 
savollar berishlari mumkin. Talaba har bir savolga to`liq, aniq va ravon 
tilda javob berishi kerak. Savol-javob tugagandan so`ng bitiruv 
malakaviy ishi rahbari va taqrizchiga so`z beriladi. Keyin taqrizchi 
ko`rsatgan kamchiliklarga javob berish uchun talabaga so`z beriladi. 
BMIlar 100 ballik tizimda baholanadi.
DAKning BMI bo`yicha xulosa va unga qo`yilgan baho 
hay`atning yopiq majlisida ko`rilib, ochiq ovoz berish yo`li bilan qabul 
qilinadi. Ovozlar teng bo`lganda DAK raisining ovozi hal qiluvchi 
hisoblanadi. 
DAKning ish bo`yicha qarori himoya kuni e`lon qilinadi. 
BMIlar himoyadan keyin o`quv bo`limiga topshiriladi. 
YAkuniy davlat attestatsiyasi natijalariga asosan DAKning 
bitiruvchiga ta`lim yo`nalishi bo`yicha malaka berish va oliy ma`lumot 
to`g`risida diplom berish haqidagi qarori bekor qilish to`g`risida qayta 
qaror qabul qilinishi mumkin. 

Yüklə 369,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin