O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 119,51 Kb.
səhifə4/19
tarix26.09.2023
ölçüsü119,51 Kb.
#148782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
5140600-Geografiya

Landshaftshunoslik fani – Landshaftshunoslikning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari. O’zbekistonda landshaftshunoslikning rivojlanishi. Landshaftshunoslikdagi yshnalishlar. O’zbekiston landshaftshunoslarining fan rivojiga qo’shgan hissalari. Landshaft termini va tushunchasi. Landshaft tushunchasini xar-hil talqin etilishi. Landshaft regional birligi, tipologik birligi, umumiy tushuncha, landshaft regional-tipologik tushuncha. Landshaft tashkil qiluvchi komponentlar, omillar va landshaftning tarkibiy qismlari. Landshaftlarning morfologik tuzilishi. Fatsiya landshaftlarning eng kichik morfologik qismi ekanligi. Fatsiyaning bir butunligi va bo’linmasligi. Fatsiyalarning o’ziga xos xususiyatlari. Ularni tasniflash masalalari. Urochishalar landshaftlarning asosiy morfologik qismi ekanligi va fatsiyalarning yig’indisidan iboratligi. Oddiy va murakkab urochishalar. Tog’ landshaftlari haqida G.P.Millerning fikri. Landshaftlardagi aloqadorliklar. Vertikal va gorizontal, to’g’ri va teskari, ijobiy va salbiy aloqadorliklar va ta’sirlar. Landshaftlarning ichki tuzilishini tahlil qilishda turli modellardan foydalanish. Landshaft modellari landshaftlarning tarkibiy qismlari hamda morfologik qismlari orasida bo’ladigan aloqadorliklar haqida umumiy tasavvur hosil qilishi. Landshaftlarning maxsus faoliyatini. Landshaftlar faoliyatining energetik omillari. Landshaftlarda moddaning biokimyoviy aylanishi va landshaftlarning biomahsuldorligi. Landshaftlarning maxsus faoliyatini o’rganishdagi geokimyoviy va geofizikaviy yondashishlar. Yer yuzasida landshaftlarning tabaqalanish omillari va qonuniyatlari. Tabaqalanishning asosiy qonuniyatlari. Zonallik, azonallik, provintsiallik. Landshaftlarning balandlik bo’ylab mintaqalanishi va landshaft yaruslari. Landshaftlarning kelib chiqishi va rivojlanishiga bog’liq holda juftlashib kelishi. (paragenetik va paradinamik landshaftlar). Landshaft chegaralari, aniq chegaralar va oraliq zonalar. Landshaftlarning tabiiy-resurslar imkoniyati. Tabiiy-antropogen landshaftlar va ularning hosil bo’lish omillari. Landshaftlardagi ma’lum maqsadlarni ko’zlab qilingan ta’sirlar, ularning oqibatida kutilgan va kutilmagan o’zgarishlar. Antropogen landshaft, madaniy landshaft tushunchalari. Antropogen landshaftlarni tasniflash tajribalari. Qishloq xo’jalik landshaftlari, sanoat landshaftlari, shaharlar landshaftlari, suv, antropogen landshaftlari, o’rmon-antropogen landshaftlar va h.k. Madaniy landshaftlar. Ularni barpo qilishning ilmiy-geografik asoslari. Amaliy landshaftshunoslikning mazmuni va vazifalari. Landshaft kartalari va ulardan foydalanish. Landshaftlarni xo’jalikning turli tarmoqlarida foydalanish nuqtai nazaridan baholash. Baholashning asosiy printsilari va metodlari. Landshaftlar taraqqiyotini prognozlash. Uning asosiy printsiplari va metodlari.

Yüklə 119,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin