Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi 27SV-20EE guruh talabasi Rahmonov Sobitjonning Xavfsizlik qoidalari fanidan
Mustaqil ish
Bajardi: Rahmonov S. Qabul qildi: Xalikov U. Navoiy-2023 Mavzu: Texnika xavfsizligi bo’yicha umumiy talablar Reja:
1. Xavfsizlik texnikasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar 2. Xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar
3. Elektr tokining inson tanasiga ta’siri
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
Xavfsizliktexnikasito‘g‘risidaumumiyma’lumotlar Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, уa’ni mehnat xavfsizligi – bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta’siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko‘pgina fizik va kimyoviy omillar ta’sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xususiyatiga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfliomillaryuzagakelishxususiyatiga bog‘liq holda aniq va yashirin bo‘lishi mumkin.Aniq xavf ko‘zga ko‘rinarli tashqi belgilari bilan tavsiflanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismi, ko‘tarilgan yuk va b. Yashirin xavf mashina, mexanizmlar va ish jihozlarida yashirin nuqsonlar, nosozliklar bo‘lishi bilan xususiyatlanib, ma’lum bir sharoitda xavfli holatga, halokatga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi, iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalardan noo‘rin, уa’ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining xato va noto‘g‘ri harakati kabilar ham kiradi.
Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish – bu murakkab muammo hisoblanib, birinchi navbatda mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik talablariga katta e’tibor berishni talab etadi.