Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi


Elektr tokining inson tanasiga ta’siri



Yüklə 31,37 Kb.
səhifə4/6
tarix03.10.2023
ölçüsü31,37 Kb.
#151637
1   2   3   4   5   6
Xavfsizlik sobit1

Elektr tokining inson tanasiga ta’siri
Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi rivojlanish darajasini elektr energiyasisiz tasavvur qilish qiyin. Lekin elektr energiyasi inson mehnatini yengillashtirib ish unumdorligini oshishiga olib kelish bilan bir qatorda, uning hayoti uchun xavfli ham hisoblanadi. Ishlab chiqarishda uchraydigan boshqa xavf manbalaridan elektr xavfi keskin farq qiladi. Chunki, ularni faqatgina maxsus jihozlar va asbob-uskunalar bilangina aniqlash mumkin.
Elektr tokidan jarohatlanish asosan quyidagi holatlarda yuz berishi mumkin:
1. Elektr yoyi orqali tok ta’siri.
2. Jihozlar korpusining metall qismlarida bexosdan tok sodir bo‘lishi natijasida.
3. Katta o‘lchamdagi mashinalarni elektr uzatmalariga ruxsat etilgan miqdordan kam masofada yaqinlashuvi.
Yuqoridagi holatlarga bog‘liq holda elektr tokidan jarohatlanish sabablarini quyidagi ikki guruhga, уa’ni tashkiliy va texnik sabablarga ajratish mumkin.
Tashkiliy sabablarga ishchilarni elektr xavfsizligi bo‘yicha o‘qitilmaganligi va tegishli уo‘riqnomalardan o‘tkazilmaganligi, ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanmaganligi, elektr qurilmalarini muhandis-texnik xodimlar tomonidan qoniqarsiz nazorat qilinishi; elektr qurilmalariga profilaktik ta’mirlash ishlarini sifatsiz olib borilishi, ish joylarida elektr qurilmalari va jihozlari bilan ishlash qoidalari hamda ko‘rsatmalarining bo‘lmasligi kiradi.
Texnik sabablarga esa tok o‘tkazuvchi qismlarda ishonchli to‘siqlarni bo‘lmasligi, elektr qurilmalari, jihozlari va o‘tkazgichlarini noto‘g‘ri o‘rnatilishi, elektr qurilmalarini o‘rnatishda binolarning elektr xavfsizligi bo‘yicha kategoriyalarini hisobga olinmasligi, himoya va saqlash qurilmalarining bo‘lmasligi yoki ularni noto‘g‘ri o‘rnatilishi misol bo‘ladi.
Ishlab chiqarishdagi elektr qurilmalarida sodir bo‘la- digan baxtsiz hodisalarning tahlili, asosan ushbu baxtsiz hodisalar elektr qurilmalari bilan ishlashga nomutaxassis ishchilarni qo‘yilishi, himoya vositalari bilan ta’minlash va undan foydalanish masa-lalariga e’tiborsiz munosabatda bo‘lish oqibatida sodir bo‘layotganligini ko‘rsatadi. Shu sababli elektr qurilmalaridan foydalanishda baxtsiz hodisalarning oldini olish «Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalari - (PUE)» ga to‘liq rioya etilishini talab qiladi.

Yüklə 31,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin