O`quv maqsadlari sohalari Kognitiv -bilishga oid soha. O`rganilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berish, o`zlashtirilgan bilimlarni mustaqil to`la anglash, ularni oldin o`rganilgan uslub, usullar bilan uyg`unlashtirilib tasavvur etishgacha bo`lgan muammolarni hal etilishini o`z ichiga oladi.
Affektiv-hissiyotga oid soha.Oddiy idrok qilish, qiziqish, qadriyat yo`nalish va munosabatlarini o`zlashtirishga tayyor bo`lish, talabalarni atrof-muhitga nisbatan hissiy-shaxsiy munosabatda bo`lishini shakllantiruvchi maqsadlar kiradi.
Psixomotor-harakatga oid soha. U yoki bu harakat faoliyatida, harakat yo`nalishlarini tez o`zgartirish, asab-muskullarni muvoffiqlashtirib boshqarishni shakllantirishga oid maqsadlar kiradi.
Talaba maqsadlari Kognitiv o`quv maqsadlari sohasida – talabalar nazariy bilimlarni oladi.
Psixomotor o`quv maqsadlari sohasida – olgan nazariy bilimlarini turli mashqlarni bajarish orqali mustahkamlaydi.
Affektiv o`quv maqsadlari sohasida – ularda kelajakka umidvorlik hissi uyg`onadi.
O`z-o`zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar: 1.Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb muommolari nimalardan iborat?
2.O`quv jarayonida yangilangan dastur va standartlarga javob beradigan zamonaviy darslarni tashkil etishdan ko`zlangan maqsad nima?
3.Interfaol darslarni tashkil etishda o`qituvchining vazifasi nimalardan iborat?
4.Bugungi kunda pedagogik faoliyatda yuzaga keluvchi: Nega o`qitamiz? Nimani o`qitamiz? Qanday o`qitamiz? kabi savollarga to`liq ravishda qanday javob berish mumkin?
5.Pedagogik texnologiya asosida o`tilgan darslarni ana’naviy darslardan ustunlik jihatlariga to`xtaling?
6.Ta’limni individuallashtirishda qanday jihatlarga ahamiyat qaratiladi?