49
yaxshilaydi va uning turmush darajasini oshiradi. Bir so’z bilan aytganda mamlakatning
iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaydi.
Rivojlangan davlatlarda YaIMda sanoatning ulushi o’rtacha 32-38% ni, qishloq
xo’jaligi 2-4 foizni, xizmat ko’rsatish sohasi – 55-60 foizni tashkil etadi.
1990 yilda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida sanoatning ulushi 14,0 foizni,
qishloq xo’jaligi 36,1 foizni tashkil etgan edi. 2015 yil yakunlariga ko’ra sanoatning ulushi
33,5 foizni va qishloq xo’jaligining ulushi 16,7 foizni tashkil etdi.
Kelajakda sanoatning ulushini 40 foizga yetkazish va qishloq xo’jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmini ko’paytirilgan holda uning ulushini mamlakat yalpi mahsulotida 10
foizdan past bo’lishini ta’minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mamlakat sanoatining asosiy qismi agrosanoat majmuasi bilan bog’liq. Agrosanoat
majmuasi yaxshi, samarali ishlashi uning 1-sohasining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Agarda mamlakatda agrosanoat majmuasining 1- sohasi yaxshi rivojlangan bo’lmasa, zarur
ishlab chiqarish vositalarini, texnikalarni tashqaridan sotib olish zarurati tug’iladi. Bu esa
har yili katta miqdordagi moliyaviy resurslarni sarflanishini talab qiladi. Eng yomoni,
mamlakat agrosanoat majmuasining muvaffaqiyatli faoliyati boshqa davlatlardan kerakli
ishlab chiqarish vositalarini olib kelishga bog’liq bo’lib qoladi. Bunday bog’liqlik, odatda,
salbiy oqibatlarga olib keladi.
Sohaga kiruvchi tarmoqlarning rivojlantirilishi iqtisodiyotni sanoatlashtiradi.
Agrosanoat majmuasining birinchi sohasiga kiruvchi tarmoq korxonalarining rivojlanishi
mamlakat mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashni yaxshilaydi. Sanoatda ish bilan
ta’minlangan mehnat resurslarining malakasi yuqori bo’ladi. Natijada mehnat resurslarning
sifati yaxshilanadi va raqobatbardoshligi oshadi. Qolaversa, sanoatda yuqori malakali,
intensiv mehnat bo’lganligi uchun unga to’lanadigan haq ham yuqori. Bu bir tomondan
aholining turmush darajasini oshiradi, uning mahsulot va xizmatlarni sotib olish qobiliyatini
yaxshilaydi. Ikkinchi tomondan esa davlat byudjetiga to’laydigan daromad soliqlari miqdori
ham yuqori bo’ladi. Bu davlat byudjetining mustahkamlanishiga, iqtisodiy – ijtimoiy
masalalar yechimining yaxshilanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: