O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus sirtqi bo’lim



Yüklə 192 Kb.
səhifə3/7
tarix02.02.2023
ölçüsü192 Kb.
#82507
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi N

3-topshiriq. Keys topshiriqlari bo’yicha muammoni yechish yo’llarini toping.


Odamdagi proprioretseptiv reflekslarni kuzatish.
Odamda muskul, pay va bo’g’imlarda joylashgan retseptorlarning ta’sirlanishi natijasida hosil bo’ladigan reflekslar proprioretseptiv reflekslar deb ataladi. Bunga tizza refleksini hamda Axillov payining refleksini olish mumkin.
1.Tizza refleksi. Tekshirilayotgan odam oyog’ini chalishtirib o’tiradi. Agar uning to’rt boshli muskuli payiga maxsus bolg’acha bilan sekin urilsa, boldir muskullari (oyog’i) yoziladi. Bunda reflektor yoyi III-IV bel segmentlari atrofida tutashadi.
2. Axillov refleksini ko’rish uchun tekshirilayotgan odam stulga tizzasi bilan cho’kkalab o’tiradi. Agar Axillov payiga bolg’acha bilan sekin urilsa, oyoq panjalari yoziladi, bunda reflektor yoyi I-II dumg’aza segmentlari atrofida tutashadi.


Jismoniy harakatning yurak va qon tomir tizimiga ta’sirini o’rganish.
O’ng qo’lning 4 ta barmog’ini tekshiriluvchining bilak arteriyasi sohasiga qo’yib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Shundan so’ng bir daqiqa davomida puls – yurak urushining soni aniqlanadi. Arterial pulsning bir minutlik sonini uch marotaba aniqlanadi va o’rtachasi hisoblanadi (sog’lom odamda pulslar soni bir minutda o’rtacha 72– 85 ta).
Tekshiriluvchi 10 marta o’tirib turgandan so’ng yana puls sanaladi. Tinch holatdagi va jismoniy zo’riqishdan keyingi natijalarni solishtiriladi.

Korotkov usulida qon bosimini aniqlash.


Qon bosimini o’lchash uchun qo’lning elka qismiga maxsus rezina halta o’rab, u manometr bilan tutashtiriladi, so’ngra bu halta ichiga rezina nok orqali bilak arteriyasidagi puls yo’qolguncha havo yuboriladi. Keyin vintli klapan yordamida halta ichidagi havo asta-sekin chiqariladi. Shu vaqtda yelka arteriyasi tovushi fonendoskop bilan eshitiladi. Yelka arteriyasini siqib turgan rezina halta ichidagi bosim kamayib, ma’lum darajaga etganda arteriyadan qon o’ta boshlaydi. Shu vaqtda fonendoskop orqali tovush eshitiladi. Bu moment maksimal bosimni ko’rsatadi. Haltadan havo chiqaversa va bosim ancha pasayadi, keyin tomirda tovush eshitilmay qoladi, bu minimal bosimni ko’rsatadi. Yelka arteriyasida sog’lom odamda maksimal qon bosimi o’rtacha 110-115 mm, minimal bosim esa 70-75 mm simob ustunida bo’ladi. Korotkov bo’yicha o’lchanadigan bosimga ketgan vaqt 1 minutdan oshmasligi kerak.
Puls bosimi kattaligi sistolik bosim kattaligidan diastolik bosim kattaligini ayirish bilan hisoblanadi.


Yüklə 192 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin