O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 44,4 Kb.
səhifə6/9
tarix18.03.2023
ölçüsü44,4 Kb.
#88720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narmatova shкаралди Microsoft Word (10)

Konsepsiyani joriy etishning asos va prinsiplari quyidagi masalalarni qamrab oladi:
Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdagi asosiy prinsiplar quyidagilar hisoblanadi:

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi;

  • ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish;

  • sohadagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish;

  • ochiqlik va shaffoflik;

  • tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

- tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xususiy sektor faoliyatining muvofiqligi va mutanosibligi.
Konsepsiyaning xuquqiy asoslari quyidagilar xisoblanadi:
Konsepsiyani amalga oshirish orqali shaxs tarbiyasida milliy normativ-huquqiy bazani mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq shakllantirish;vazirliklar va idoralar, muassasalar, davlat hamda nodavlat korxona va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari «Tarbiya» fani konsepsiyasining amalga oshirish tizimini tashkil etadi.
Tashkiliy-boshqaruv asoslari:
Konsepsiyani amalga oshirishning kompleks chora-tadbirlar rejasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorlarni ishlab chiqish;
ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash, o‘rganish va ularni ommalashtirish, rag‘batlantirishni tashkil etish.
Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg‘izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o‘zaro turlicha munosabatda bo‘ladilar va tarix davomida bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘zlarini ham, o‘zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o‘zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o‘zini boyita olgan emas. Yakka shaxs butkul o‘zga ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to‘liq moslashishi mumkin. Bu – inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to‘lig‘icha o‘zligidan kechib, o‘zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo‘q bo‘ladi, o‘z ma’naviy qiyofasini yo‘qotgan millat esa yo‘qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili o‘sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog‘liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.
O'quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim bcrish bilan mustahkam va yaxlit birgalikda amalga oshiriladi. Ammo tarbiyaning o ‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda mctodlari bor. O'quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo'yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biridir. Shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o'quv jarayoni bilan bog'liq. Darsdan tashqari m ashg'ulotlar o'quvchilarda ilm olishga ishtiyoq uyg'otish, qobiliyati va istc’dodlarini ro'yobga chiqarish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iborat. Yoshlarning g'oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jam iyatga ongli munosabatda bo'lish, jonajon Vatanni cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptirish - vatanparvarlik tarbiyasining mag'zi b'lmog'i lozim.
Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta’limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari inobatga olindi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsep-siyasining zaruriyati.O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi 124 bilan bog‘liq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o‘smirlar orasida axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi. O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.

Yüklə 44,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin