O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kurs ishi mavzu: Egri chiziqli harakat. Normal va tangensial tezlanishlar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#38052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (1)

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Har bir mamlakat ravnaqi uchun puxta zamin hozirlagandagina kelajagi buyuk, rivojlangan qudratli bo‘ladi. Kelajakning bunyod etuvchilar yosh avloddir. Shu nuqtai nazardan har qanday davrda yosh avlod tarbiyasida uning ongi, tafakkurini rivojlantirish, sog‘lomlashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan.

O‘tgan davrda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini malakali, pedagogik va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbar va o‘qituvchi kadrlar bilan yanada mustahkamlash ishlari davom ettirildi.

Farzandlari kelajagini o‘ylash, ajdodlar ruhi, avlodlar istiqboli oldida mas’uliyat hissi bilan yashash halqimizga xos fazilat. Bu fazilat zamiridagi ezgulik istiqlolga erishganimizdan so‘ng yanada qadr topdi, amaliy ijrosini ko‘rdi. SHu bois ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar dunyo hamjamiyati tomonidan ham yuqori baholanmoqda.

Demak, ta’lim-tarbiya sohasida o‘tkaziladigan chuqur o‘ylangan islohotlar, avvalo, ong va tafakkurdagi ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochsa, pirovardida halq ma’naviyati takomilida hal etuvchi ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarimiz iste’dod, bilim va intellektual salohiyat bobida hech kimdan kam bo‘lmaslikka intilmoqdalar. Bu, albatta, yurtimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini kashf etish va yuzaga chiqarishga yuksak e’tibor qaratilayotganligi samarasidir. Zero, mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, umumta’lim maktablaridan tortib, o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv maskanlarigacha – barchasida ta’limning yangicha, o‘ziga xos uslublari joriy qilindi. Ayni jihat esa intiluvchan yoshlarning yutuq hamda muvaffaqiyatlarga erishishini ta’minlash, jamiyatning turli jabhalarida xizmat qiladigan etuk malakali mutaxassislar tayyorlashda beqiyos ahamiyat kasb etayotir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va berilayotgan bilimni o‘quvchilar ongida mustahkam o‘zlashtirilishiga erishish qayta-qayta ta’kidlab o‘tilgan. Aksariyat mutaxassislar o‘z kasbiy fanlarini chuqur egallashlarida, asosiy rolni fizika fanining o‘quv mazmunini o‘zlashtirish darajasi tashkil etadi. Fizika fani o‘qitish jarayoni o‘zining strukturaviy tuzilishi jihatidan murakkab hisoblanib, u o‘qituvchining har bir mavzu uchun qay darajada tayyorgarligiga va qo‘yilgan mavzuni metodik jihatdan ilmiy asoslangan holda yetkazilishiga bog‘liq. Bu borada dars jarayonida ilm beruvchi bilan ilm oluvchi orasidagi muloqotni yuqori saviyada olib borilishi va uni metodik jihatdan ta’minlanganlik darajasiga erishish, jarayonni muvafaqqiyatli chiqishida hamda o‘quvchining fanga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda asosiy omil vazifasini bajaradi. Dars jarayonida berilayotgan bilimni o‘zlashtirilgan darajasida o‘quvchilarga etkazishda qator pedagogik-psixologik omillar mavjud.

Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning nazariya va amaliyot birligini ta’minlagan holda o‘qitish hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu borada keng qamrovli ishlar qilinmoqda. O‘quv xonalar qayta jihozlanayotganligi, kompyuter vositalari bilan ta’minlanayotganligi, masofaviy ta’lim, qo‘llanmalarning elektron versiyalari, multimediya variantlarining yaratilayotganligi shular jumlasidandir. SHunday bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik hollarda ma’ruzada berilayotgan bilim ko‘lami faqat nazariyadan iborat bo‘lib, uni qo‘llay bilishga va o‘quvchini fanga qiziqtirish yo‘llariga e’tibor qilinmaganligini ko‘ramiz. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda o‘quvchilarni fanga qiziqishini shakllantirish yo‘llari dolzarb masala ekan deb hisoblandi.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin