24. Quyidagi gapda ko‘chma ma’noli so‘zni aniqlang.Kim biladi, sho‘rlik nima uchun Hotam samovarchining samovariga kirmabdi. A) samovarchi B) samovariga C) sho‘rlik D) kim biladi 25. Qaysi qatorda ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘z berilgan? A) Kishi dunyoda baxtli bo‘lish uchun yashaydi. B) Mehmon va mezbon allamahalgacha Lutfiy g‘azallarini zavq bilan o‘qishdi. C) Barmog‘imning tirnog‘i etidan ajrab ketdi D) U soy yoqasidan pastga tomon qiyalab yurdi. 26. Daraxt va qalam so‘zlarining lug‘aviy (leksik) hamda grammatik ma’nolarini aniqlang. 1) daraxt, qalam so‘zlari predmet haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi. 2) daraxt, qalamso‘zlari ot so‘z turkumiga mansub. 3) daraxt – o‘simlikning bir turi, qalam - o‘quv quroli. 4) daraxt, qalam – bosh kelishikda, birlikda. A) lug‘aviy ma’no –1,3; grammatik ma’no – 2,4 B) lug‘aviy ma’no – 2,4; grammatik ma’no –1,3 C) lug‘aviy ma’no –1,4; grammatik ma’no –2,3 D) lug‘aviy ma’no –2,3; grammatik ma’no – 3,4 27. Dog‘ so‘zi qaysi qatorda ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan? A) Tunsiz kun yo‘q, dog‘siz lola yo‘q. B) Toza qalbda dog‘ yo‘q. C) Yomondan dog‘ qoladi, yaxshidan bog‘ qoladi. D) Sevgiga tushgan dog‘ni daryo qadar yosh to‘kish bilan tozalab bo‘larmishmi? 28. Quyidagi hodisalarning qaysi biri faqat bir so‘z turkumi doirasida vujudga keladi? A) ko‘p ma’nolilik B) antonimlik C) paronimlik D) A va B. 29. Berilgan qaysi gapda saqlamoq fe’li ko‘p ma’noli so‘z hisoblanadi? A) Saqlasang - ming kunlik, saqlamasang - bir kunlik B) U kulib yuborishdan o‘zini zo‘rg‘a saqladi C) Hurmat saqlab, unga gap qaytarmadim D) Bu yil ham jamoamiz g‘oliblikni o‘z qo‘lida saqlab qoldi.