O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


Grammatik tushunchalarni o’zlashtirishning metodik shartlari



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə49/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

Grammatik tushunchalarni o’zlashtirishning metodik shartlari
I. O’quvchilar aqliy faoliyatini faollashtirish. Bilimni o’zlashtirishning natijasi ma'lum
darajada o’qitish metodlariga bog‘liqdir. Bayon metodi asosan o’quvchUarning eslab qolishiga
mo’ljallanadi va ularning bilish faoliyatini faollashtira olmaydi, shuning uchun kutilgan natijani
394
bermaydi. Maktab tajribasini ommalashtirish va olimlar (L.V. Zankov, Yu.N.Babanskiy, V, P.
Strezikozin va boshq.)ning maxsus tekshirishlari ko’rsatishicha, izlanish metodlari (Boshlang’ich
sinflarda qisman izlanish metodi) ko’proq samarali hisoblanadi. Grarnmatik tushunchani
shakllantirishda izlanish vaziyati o’qituvchi bergan vazifa va uni jamoa bo’lib bajarish vaqtida
yaratiladi. Izlanish vaziyati o’quvchilarni yangilikni bilishga qiziqtiradi va vazifani bajarish
usulini mustaqi! ravishda ijodiy tanlashga undaydi. Masalan, o’quvchilarni so’z yasovchi
qo’shimchalar bilan tanishtirishda o’qituvchi xattaxtaga gul — gulchi, g‟alla — g‟allakor,
traktor traktorchi kabi so’zlarni ikki ustun tarzida yozadi. o’quvchilarga ,,Ikki ustun shaklida
yozilgan so’zlarni kuzating, ma'nolaridagi farqini o’ylab ko’ring, shu so’zlarning ma'nosini
farqlashga xizmat qilayotgan qismini toping" topshirig‘i beriladi. Birgalikda o’tkazilgan
muhokamadan so’ng o’quvchilar quyidagicha xulosaga keladilar:
Gul so’zi o’simlikning bir turini, gulchi esa gullarni parvarish qiluvchi kishi ma'nosini
bildiradi; g‟alla o’simlik, g‟allakor— g‘alla yetishtiruvchi kishi; traktor so’zi qishloq xo’jalik
mashinasini, traktorchi esa traktorda ishlovchi kishi ma'nosini bildiradi. So’zning chi,
kor qismi ikki so’zning ma'nosini farqlashga xizmat qiladi; chi,
kor alohida kelganda ma'no anglatmaydi, bular qo’shimcha; so’zga qo’shilganda ishlovchi,
shug‘ullanuvchi kishi ma'nosini anglatyapti,
ya'ni yangi ma'noli so’z hosil bo’lyapti; demak, chi, korso„z yasovchi qo’shimcha.
Muammoli vaziyatni orfografik mavzu bilan tanishtirish jarayonida ham yaratish mumkin.
Masalan, o’qituvchi ,,Hayvonlarga qo„yilgan nomning bosh haif bilan yozilishi" mavzusini
tushuntirish uchun o’quvchilarga ,,Kim qanday uy hayvonlarini boqadi? Ularga o’zingiz nom
qo’yganmisiz? Qanday nom qo’ygansiz?" kabi savollarni beradi. o’quvchilar tartib bilan o’zlari
boqayotgan hayvonlari va "unga qo’ygan nomlarini aytadilar (mushuk — Mosh, kuchuk —
Olapar, sigir — Targ‟il, ot — Lochin kabi); o’qituvchi ikki ustun shaklida xattaxtaga yozib
boradi. o’qituvchi: ,,Ikki ustun shaklida yozilgan so’zlarni o’qing, ularni taqqoslang. Ularning
yozilishida qanday farq bor? Nima uchun? Isbotlang" topshirig‘ini beradi. Bu savoltopshiriqlar
xarakteri bolalarni o’ylashga, izlanishga majbur qiladi. Ular birinchi ustundagi so’zlar kichik
harf bilan, ikkinciii ustundagilar esa katta (bosh) harf bilan yozilganini aytadilar, ammo nima
uchun shunday yozilganini isbotlashga ularning bilimlari yetishmaydi. Shunday qilib, muammoli
vaziyat yaratiladi. o’quvchilar yangi materialni o’rganish zarurligini sezadilar. Bu metodda eng
muhim jihat muammoli vaziyat yaratish, til hodisalarini tahlil qilish, o’zaro taqqoslash
omillarini bajarish bilan bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish hisoblanadi.
Suhbatmuhokama jarayonida muammoni o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlari hal
qilishlari yoki o’qituvchi tomonidan hal qilinishi ham mumkin.
Muhokamaning borishi bilitttlar asosida topshiriqlarni faol bajarishni, faol aqliy faoliyatni
talab qiladi.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin