O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti boshlang’ich ta’LIM FAKULTETI boshlang’ich ta’lim yo’nalishi kurs ishi


Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari



Yüklə 69,87 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü69,87 Kb.
#195064
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Sinfdan va maktabdan tashaqari ishlarni tashkil qilishda -fayllar.org

3.Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
va uni o’tkazish usullari

Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullarinidan o’quvchilarning tarbiyaviy ihslarlda dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Bunday baholash natijalari tarbiyaviy ihslarlarni o’rganish bo’yicha tarbiya jarayonining mazmunini, usullari va shakllarini tanlash imkonini beradi.


Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 160-maktabda pedagogik amaliyotimiz jarayonida boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullarini o’rganishda qo’lladik va samarali natijalarga erishdik.
Tajriba-sinov ishlarining mazkur bosqichini amalga oshirish uchun o’quvchilarning qiziqishlari va mustaqil fikrlashlarini aniqlashga xizmat qiluvchi tarbiyaviy mavzularni belgilab oldik. Tajriba-sinov ishlarimizning izlanuvchan va ta’kidlovchi bosqichlarida tajriba sinflar o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish, tarbiyaviy mavzularni mazmunini chuqur o’zlashtirish maqsadida turli usullardan samarali foydalanildi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, mavzusi va maqsadidan kelib chiqdik.

Sinf rahbari tomonidan o’tkaziladigan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarga sinf tarbiyaviy soatlari ham kiritiladi, (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga "Bajarilish turi" qo’shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, "Ota-onam - suyangan tog`im" yuzasidan suhbat, kecha, konferentsiya uchrashuv, ekskursiya va hokazolar o’tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o’quv yilida o’tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o’zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo’lishida bu usul ancha samara beradi.


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta`kidlangan: siyosiy tuzumiing o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g`oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir. Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg`or tajribalarga suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik-do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat.
Ular:
- sinfning boshlang`ich jamoasini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish.
- o’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.
- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish.
- jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
1.O’qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g`ri qo’ya bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab etiladi;
2.O’quvchilar jamoasidagi etaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash;
3.Jamoa a`zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;
4.Jamoada yangi an`ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish;
5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma`naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e`tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda:
fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;
vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
diniy bag`rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish;
davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish;
o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda;
maqsadni aniqligi va uni to’g`ri yo’naltirish madaniyati;
tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati;
- o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e`tiqodligi va ixtiyorlik.
Maktabgacha ta`lim muassasa tarbiyachilarini tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish metodikasini «Uchinchi ming yillikning bolasi» qo’llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g`oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi.
- Xalqimizning boy ma`naviy, an`ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.
- O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e`tiqodni tarbiyalash.
- YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
- Mehrli-muruvvatli va bag`ri kenglik.
Ayniqsa bog`cha va kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ta`limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.
Boshlang`ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir: Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish.
O’quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.
Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarshshg munosabati.
O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an`analar haqidagi bilim darajasi.
Qomusiy ma`rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari.
Mazkur qoidalar bog`chada sodda holda qo’llaniladi. Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir. SHundagina har bir o’qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o’xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta`sirga ega bo’lib maqsadga erishtira oladi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:
Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.
Ma`naviy tarbiya (axloq va odob).
Iqtisodiy tarbiya.
Ekologik tarbiya.
Go’zallik tarbiyasi.
Jismoniy barkamollik (sog`lom avlod uchun).
Ota-onalar bilan ishlash.
Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak. Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi. Tanlangan mavzular milshy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo’lishi. Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilgan bo’lishi.
Mavzular o’quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo’lishi.
Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari» dasturi. O’zbekiston Respublikasi «Kamolot ijtimoiy harakati» dasturi mos qilib olindi. Quyidagi keltirilgan reja tahminiy bo’lib, o’z shart-sharoitingizga qarab ijodiy o’zgarishlar kiritish mumkin.
Tarbiyaviy tadbirlar rejalaridan namunalar Dastlabki rejaga O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi «Madaniy merosga - ixlos» yuzasidan tuzilgan Nizom asos qilib olindi, u quyidagi mazmunga ega:
1. Vatan g`ururi – kamolot mulkining asosi (I-II sinflar uchun).

a) tug`ilgan uy, ko’cha, shahar va o’lkalarining tarixi
b) bir bolaga etti qo’shni ota-ona ekanligi.
v) atrof tabiatidagi o’simliklarning nomi va uni muhofaza qilish.
g) o’lka tarixiga oid (tarixiy, obidalar, kimlar yashagan, iqtisodiy boyligi, san`ati va kelajak rejalar) ma`lumotlar.
e) kindik qoni to’kilgan joyning tuprog`i aziz hissini singdirish.

Yüklə 69,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin