O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə146/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Faoliyatning ommalashganlik darajasi ta’lim tizimi ishtirokchilari va buyurtmachilari tomonidan o’qituvchi faoliyatining e’tirof etilganlik kulamini belgilab beradi. O’qituvchining kasbiy faoliyatini urganishda bunday e’tirof (yukori yoki kuyi) yuzaga kelishiga ta’sir etgan sabablarning moxiyati asosida amalga oshiriladi, ya’ni kasbiy faoliyatning uziga xosligi va ijodiy xususiyatlari (boshkalardan ajratib turuvchi ish uslubi, ijodkorlik, izlanuvchanlik, tashabbuskorlik), faoliyatning ommalashish mikyosi, turli tanlov, kengash, komissiyalar, ijodiy guruxlar kabilardagi ekspertlik faoliyati taxlil etiladi. Natijada, o’qituvchining kasbiy faoliyat e’tirofini ruyobga chikarishning shakl, usul va vositalari xamda ularning mazmuni bilan boglik malaka oshirishga bulgan extiyojlarini aniklash imkoni yuzaga keladi.
Faoliyatda texnika, texnologiya va vositalarni kullash bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayoniga kuyilayotgan pedagogik talablarning muxim jixati xisoblanishi bilan ajralib turadi. Bunda o’qituvchining zamonaviylikka xos xislatlari va didaktik kobiliyatlaridan kelib chikuvchi faolligi darajalanadi.
Faoliyatda texnika, texnologiya va vositalarni kullash talabida predmet mazmuniga oid ta’lim-tarbiya usuli, uslublari xamda xarakatni tanlash va AKTdan foydalanish, ukitishning interaktiv metodlarini joriy etish, predmetlararo alokalarga bulgan e’tibor, o’quvchilar bilimini baxolash usuli va xolisligi, o’quv adabiyotlari shakllari va turlaridan maksadli foydalanish nazarda tutiladi.
Faoliyatdagi hamkorlik tarkibida o’qituvchining tashkilotchilik va kommunikativlik kabi kobiliyatlaridan kelib chikuvchi xamkorlikka asoslangan muxitdagi ishtiroki asosiy urin tutadi, bunda o’qituvchining metodbirlashma, metodika kengashi va uyushmalardagi faoliyatini, kasbiy munosabatlardagi pozitsiyasi (uzini tutishi, boshkalarga nisbatan xurmati, sof ijobiy rakobati, tashabbusi kabilar asosida) baxolanadi. O’qituvchining ustoz-shogirdlik an’analaridagi, «Oila-maxalla-ta’lim muassasasi» xamkorligidagi ishtiroki urganiladi.O’qituvchining o’quv predmeti buyicha o’quvchilar bilim sifati yunalishidagi faoliyati urganish jarayonida eng salmokli yunalish xisoblanib, u ta’lim-tarbiya natijasiga asoslanadi. Bunda o’quvchilardagi Davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, kunikma va malaka darajalari (ichki va tashki monitoring natijalari asosida) taxlil etiladi. Shuningdek:
  • predmetni uzlashtirish buyicha o’quvchilar, sinflar va boshka maktablar kursatkichlarining kiyosiy taxlil kilib borilishi;


  • past uzlashtirgan o’quvchilar bilan olib boriladigan individual ishlar rejalari, usullarining belgilanganligi, doimiy mashgulotlarning tashkil etilganligi;


  • o’quvchilarning turli intellektual tanlovlar, baxslar, jumladan, bilimlar bellashuvlari, fan olimpiadalaridagi ijobiy natijalari va muntazamliligi;


  • o’quvchilarning uzlashtirishi uchun kiyin yoki ukitishda o’qituvchi malakasi uchun ogir mavzular bilan ishlash (ularning tugri aniklanganligi, ularga mos tarzda ishlashning optimal usullarining belgilanganligi, kushimcha materiallar va metodik tavsiyalardan foydalanishi)dagi o’qituvchining faoliyati kurib chikiladi.


O’qituvchi faoliyatidagi ma’naviy-xukukiy kiyofa yunalishi doirasida o’qituvchining xukukiy savodxonlik darajasi, mulokot va muomala madaniyati, kasbiy faoliyatda kulay muxitni xosil kilish (pedagogik imidj, elektivlik va komfortabellikka intilish kabilar), o’quvchilarda milliy mustakillik goyalari asosida yuksak madaniy va ma’naviy saviyani oshirish, vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, kadriyatlarni kamol toptirish, ma’naviy- axlokiy tarbiya, sinfdan tashkari tugarak, ijodiy faoliyat, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish xamda uning sifati, o’quvchilarning mexnat, ekologik va estetik tarbiyasi buyicha faoliyati taxlil kilinadi.


Shu bilan birga, kasbiy majburiyatlarning bajarilishi yunalishida o’qituvchining muassasa tomonidan belgilangan tartib va talablarga faoliyatning muvofikligi, ish xujjatlari (jumladan, me’yoriy- xukukiy va direktiv xujjatlar)ning yuritilishi va sifati, o’quvchilarni kasb tanlashga yunaltirish ishlari, jamoat ishlaridagi ishtiroki, kasbiy professionalizmning darajalari yunalishida tegishli bulgan soxaga oid yangiliklardan xabardorlik, malakaviy toifa talablarini bajarish va attestatsiya natijalari, muddatli malaka oshirganlik, turli konferensiya, kengashlarda ma’ruza, tavsiyalar bilan ishtirok etish, xorijiy tillarni urganishga munosabati xolati urganiladi.
Bundan tashkari, malaka oshirishga extiyojni aniklash uchun o’qituvchining shaxsiy sifatlari bilan boglik yunalishlarni kuyidagi tarkibda urganish uziga xos axamiyat kasb etadi: psixologik pozitsiya; mutaxassis sifatida uzini baxolash; faoliyatdagi xissiy kiyofa; mexnatni tashkil etishga xissiy munosabat; mexnat va kasb borasidagi psixologik bilimlar; kasbiy rivojlanish.
O’qituvchi kizikishlari, kuzatuvchanligi, yangilikka intiluvchanligi, bardoshliligi kabi sifatlariga (shu bilan birga, befarklik, sustkashlik, e’tiborsizlik kabi illatlari) oid psixologik xolatlari, orzu intilishlari, oila va jamoatchilik oldidagi burchlarining belgilanganligi va xarakati bilan boglik xayotiy maksad va vazifalarining moxiyati, uzaro munosabatlarining sofligi, insoniylik, adolat, yukori axlok, mulokotga talabchanlik kabi fazilatlari, mustakil fikrlashi va uz fikrini asoslay olishi psixologik pozitsiya yunalishi tarkibida urganiladi.
Mutaxassis sifatida uzini baxolash yunalishida o’qituvchining faoliyatga bulgan shaxsiy munosabati (tankidiy va taxliliy, kamtarona xislatlar yoki egoistik, egotizm, egotsentristik illatlar), mavjud muayyan me’yorlarga faoliyatini solishtira olishi, uz yutuklari va kamchiliklarini izoxlay olishi, tushunishi, xolis tankidga munosabati kabi kursatkichlar, faoliyatdagi xissiy kiyofa yunalishida faoliyat ob’ektlari va sub’ektlariga bulgan munosabati (mexribonlik, xissiy vazminlik, xayrixoxlik, samimiylik, uzini tuta bilish, prinsipiallik, optimistlik, ruxiy madaniyat kabilarga oid), muomalaning etika va estetika normalariga mosligi kabi kursatkichlar aniklanadi.
Mexnatni tashkil etishga xissiy munosabatga o’qituvchining mexnatga bulgan munosabati (mexnatsevarlik, ishchanligi, intizomliligi, mas’uliyatliligi, kat’iyatliligi, uyushkokligi, uz mexnat sifatini oshirishga bulgan intilishi), muassasadagi tashkiliy jarayonlar, ma’muriyat va jamoa karorlarini tushunishi va tugri talkin kilishi, umumiy kasbiy axamiyat xarakteriga ega bulgan psixologik bilimlari, kasbiy kobiliyatlarni rivojlantirish yunalishiga kobiliyatni ustirish xarakatlari, ijodiy fikrlashi, kasbiy tajribani boyitish va rivojlantirish borasidagi xarakatlari kiradi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin