57
tadrijiy ravishda o‘zgarib borayotgan vaqtda maktablarda atrofimizdagi olam
fanini mazmun jihatdan yangicha o‘qitish zamon talabidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Atrofimizdagi olam fanidan ta’lim berish,
uning
ilm-fan taraqqiyotida, ishlab chiqarish va tabiatdan foydalanish sohalari,
ijtimoiy-madaniy va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Atrofimizdagi olam ta’limida o‘rganiladigan tabiiy,
ijtimoiy hodisalar va
tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim
maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni
o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va
o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga
e’tibor qaratishdan iborat.
Atrofimizdagi olam fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda
tabiiy
va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar,
tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish,
olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limda Atrofimizdagi olam fanini o‘qitishning asosiy
vazifalari:
-
joy nomlari va atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
hozirgi zamon jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarining
mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, yosh avlodning ekologik
madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan tejamkorlik munosabatini o‘stirish;
-
o‘quvchilarni Vatanga mahabbat, milliy iftihor, fuqarolik mas’uliyati ruhida
tarbiyalash.
I-II sinflarda Atrofimizdagi olam o‘quv fanini o‘rganish davomida
atrofimizdagi olam va uning xilma-xilligi, tabiat, tabiatni muhofaza qilish, shahar,
qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida boshlang‘ich tavsiflar berilgan.
Dostları ilə paylaş: