O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə2/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
psixologiya -fayllar.org



KIRISH 

Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma bakalavriat talim standartlariga kiritilgan


«Pedagogika.Psixologiya» fanini ixtisosligi «Psixologiya» va «Pedagogika»
bo’lmagan oliygohlarda o’qitishga mo’ljallangan. Oliy o’quv yurtida yuqori
malakali pedagogik kadrlar yetishtirishda pedagogika va psixologiya fanining
o’rni katta. Zero, pedagogika va psixologiya jamiyatning harakatlantiruvchi
kuchi bo’lgan insonni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz
tayyorlayotgan mutaxassislar pedagogika va psixologiya fanini, ayniqsa uning
amaliy tatbiqiy jihatlarini chuqur va puxta o’zlashtirgan taqdirdagina yosh
avlodni har tomonlama kamolga erishgan kishilar qilib tarbiyalay olishlari
mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, pedagogika va psixologiya fanini
o’zlashtirish talabalar uchun ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Bunga sabab,
birinchidan, talabalar, bu fanni o’rganishlari uchun ham aniq fanlar, ham
ijtimoiy fanlar sohasida bilimlarga ega bo’lishlari zarur, ikkinchidan, insonning
rang-barang ruhiy olami, ko’zga ko’rinmas ichki his-tuyg’ulari, kechinmalari
xaqidagi murakkab fanligi, uchinchidan, eng yangi, zamonaviy darsliklar, o’quv
qo’llanmalarining yetishmasligidir.
O’quv-uslubiy qo’llanmani tayyorlashdan maqsad, birinchidan,
adabiyotlar yetishmasligining ma’lum darajada oldini olish bo’lsa, ikkinchidan,
eng muhimi, nazariy bilimlarni talabalarga yangi ilg’or pedagogik
texnologiyalar asosida, oson, tushunarli, misollarga boy qilib yetkazishdir.
O’quv-uslubiy qo’llanmani tuzishda “Psixoligiya” dasturi (tuzuvchilar p.
f. d. , professor Z.T. Nishanova va katta o’qituvchi N.G. Odilova. TDPU. ) ga
hamda 2011 yil 15 avgustda tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlariga
asoslanildi.
O’quv-uslubiy qo’llanmani tayyorlashda E. G’oziyevning «Psixologiya»,
«Tafakkur psixologiyasi» kitoblaridan, V. Karimova, F. Akramovaning
«Psixologiya»dan ma’ruzalar matni, O. E. Hayitov, N. X. Lutfullayevaning
«Psixodiagnostika va amaliy psixologiya», A. V. Petrovskiy tahriri ostidagi
«Umumiy psixologiya» darsligidan, E. Iskandarov, D.Norboyeva “Psixologiya”
o’quv-uslubiy qo’llanmalaridan foydalanildi. Shuningdek, ayrim psixik
jarayonlarni yoritish, nazariy fikrlarni sharhlashda umumiy psixologiya
bo’yicha xrestomatiyalardan, psixolog olimlarning eng yangi tadqiqotlaridan,
vaqtli matbuot materialaridan ham foydalanildi. Ushbu o’quv-uslubiy
qo’llanmani o’ziga xosligi, bir tomondan mavzular yoritilish tartibi yangicha
mantiqiy uzviylikda bo’lsa, ikkinchi tomondan psixologiyaning amaliy
jihatlariga ko’proq e’tibor qaratishga, talabalarda o’zlarining va boshqalarning
psixologik xususiyatlarini bilishga qiziqishini orttirishga, yangi pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etishga imkoniyat yaratishga harakat qilindi. Har
bir mavzu uchun reja, qisqacha uning mazmuni, mavzuga oid tayanch so’zlar,
adabiyotlar ro’yxati hamda mustaqil amaliy ishlash uchun psixologik testlar
berilgan.






Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin