(3810100) va turizm va mehmonxona xo‘jaligi servisi tayyorlov
yo‘nalishi (3811700) bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda.
Bu o‘quv maskanlarida o‘qitiladigan fanlar qatorida turizm
asoslari fani ham o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lib, turoperator,
turagent, turanimator, turizm biznesi, mehmonxona biznesi, restoran
biznesi tashkilotchisi ixtisosliklari bo‘yicha fanlarning alifbosi
vazifasini bajaradi, chunki uni mukammal egallamay turib,
mutaxassislikka oid boshqa fanlarni o‘zlashtirib olish qiyin kechadi.
O‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida ta’lim
oluvchilarni faol bo‘lishga va tanqidiy fikrlashga undaydi, faqatgina
nazariy bilimlar bilan cheklanibgina qolmay, amaliy ko‘nikmalarni
shakllantiruvchi muammoli savollar, mashqlar va ijodiy topshiriqlar
berilgan.
Ushbu kursning yangiligini nazarda tutgan holda ushbu o‘quv
qo‘llanma turizm asoslarini o‘qitishda turizm sohasidagi kasb-hunar
kollejlari talabalariga yaqindan yordam beradi degan fikrdamiz.
Dostları ilə paylaş: