75
tavsiya etiladi) yoki chiroqlarning noto‘g‘ri sozlanganligi oqibatida
ro‘paradan kelayotgan haydovchining ko‘zini qamashtirib qo‘yishiga
olib keladi (bugungi kunda avtomobillar orasidagi masofaga
qarab uzoqni yorituvchi chiroqdan yaqinni yorituvchi chiroqqa
o‘tkazuvchi avtomatik boshqaruv tizimlari mavjud, ammo ular
amalda deyarli qo‘llanilmayapti).
Chiroqlarni avtomobilning kuzoviga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatil-
ganligi ham konstruksiyaning kamchiligiga kiradi. Gorizontal
yo‘nalishda yoritish burchagi chegaralanganligi uchun yo‘lning
radiusi kichik bo‘lgan burilishlarda va chorrahalarda yo‘l qatnov
qismining chegarasini va yondagi obyektlarning ko‘rinishini
ta’minlay olmaydi. Bunday sharoitlarda keng burchakli tumanga
qarshi chiroqlar dan foydalanish tavsiya etiladi (rul chambaragining
burili shi bilan bir paytda buriladigan chiroqlarning konstruksiyalari
faqat loyihada mavjud).
Tumanga qarshi chiroqlarning yana bir afzalligi, uning boshqa
chiroqlardan pastda o‘rnatilganligi bo‘lib, tuman sharoitida harakat-
langanda zarur yoritilganlikni ta’minlab beradi.
Dostları ilə paylaş: