O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102
 
Nazorat savollari: 
 
1.
Termoregulatsiya qanday jarayon? 
2.
Normada bo‘shliq va sohalardagi haroratning ko‘rsat-
kichlarini ayting. 


106 
3.
Isitma deb nimaga aytiladi? Isitma turlarini ayting. 
4.
Puls deb nimaga aytiladi? Puls qaysi sohalarda o‘lcha-
nadi? 
5.
Normada nafas harakatlarining soni nechta bo‘ladi? 
6.
Arterial bosim qanday usulda o‘lchanadi? 
7.
Suv balansi qanday aniqlanadi? Sutkalik siydik qanday 
yig‘iladi? 


107 
BEMORLARNI OVQATLANTIRISH 
 
Ratsional ovqatlanish miqdor va sifat jihatidan to‘la qim-
matli, bir me’yordagi tartibga asoslanib, sog‘lom odamning jin-
sini, yoshini, mehnat turini va boshqa omillarni hisobga olgan 
holda ovqatlanish bo‘lib, odam organizmining hayot faoliyatini, 
qobiliyatini, tashqi muhitning salbiy omillariga nisbatan chi-
damini va yuksak himoya qobiliyatini ta’minlaydi. Odam ovqat-
ga bo‘lgan ehtiyojini odatda oziq-ovqat moddalari aralashmasi: 
oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv-
dan iborat mahsulotlar hisobiga qondiriladi.
Bemorning kuch va holatiga qarab, ovqatlanish uch xil 
bo‘ladi: Faol, sust va sun’iy. Bemor mustaqil, birovning 
yordamisiz ovqatlanishi faol ovqatlanish deyiladi. Boshidan og‘ir 
kasalliklarni kechirgan, quvvatsizlanib qolgan zaifligi, holatiga 
qarab birovning yordamida ovqatlanishiga sust ovqatlanish 
deyiladi. Ovqatni yuta olmaydigan, hushsiz yoki ovqatlanishni 
o‘zicha istamagan (ruhiy kasallar)lar sun’iy ovqatlantiriladi.
Bemorlarni ovqatlantirish uchun kerak bo‘ladigan asboblar 
turlicha bo‘ladi. O‘tirib o‘zi ovqatlana oladiganlar uchun past-
gina oddiy stolcha bemorning oyog‘i ustidan krovatga qo‘yiladi. 
Bemor o‘tirib stolchada ovqatlanishi mumkin. Tibbiy-ijtimoiy 
xodimning yordamiga muhtoj bo‘lgan bemorlarni ovqatlantirish 
vaziyati, ularning kuch va ahvoliga qarab turlicha bo‘ladi. Og‘ir 
bemorlarni ovqatlantirishdan oldin xonani ovqat-lantirish uchun 
tayyorlash kerak, ya’ni o‘tkir hidli dori moddalarni va kerak 
bo‘lmagan shaxsiy gigiyena ashyolari olib qo‘yib, xonani sha-
mollatish kerak. Bemorni ovqatlantirish uchun qo‘llarini yuvib, 
ovqatlanish haqidagi fikrini bilib, uni o‘z hissiyotlarini yen-
gishiga ruhan ko‘mak beriladi. Bemordan qay tartibda ovqat-
lanmoqchiligini so‘raladi va issiq mahsulotlarni bilakning ichki 
tomoniga bir necha tomchilab haroratini nazorat qilinadi. Yo-
toq tartibdagi bemorlarni ovqatlantirish uchun qulay vaziyat
ya’ni yarim o‘tkazib ko‘krak va bo‘yin qismiga sochiq yoziladi. 
Chap qo‘l bilan boshini yostig‘i bilan ko‘tariladi, o‘ng qo‘l bilan 


108 
uning og‘ziga qoshiqdan yoki maxsus choynaksimon idishdan 
oz-ozdan ovqatlantiriladi (kichik qultumlar bilan). Ovqatlanib 
bo‘lgandan so‘ng bir oz suv berib og‘zini chayishni so‘raladi. 
Ko‘kragidan salfetkani olib tashlab, qulay holatda yotishga 
yordam beriladi. 
Ovqatni qat’iy ravishda belgilab qo‘yilgan vaqtda iste’mol 
qilish lozim. Issiq taomlar harorati 60
0
C dan, sovuq taomlarniki 
10
0
C dan oshmasligi karak. Ovqatni yaxshilab chaynab yutish 
uning hazm bo‘lishida katta ahamiyatga ega. 
Davolovchi ovqatlanish (diyetoterapiya) barcha kasalliklarda 
davolash chora-tadbirlarini umumiy rejasida ajratib bo‘lmay-
digan, hal qiluvchi qismi hisoblanadi. Diyetoterapiya – parhez 
taomlar bilan davolash demakdir. Parhez rejimi kasallikning 
xarakteri, uning bosqichi, bemorning holati va individual 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Davolovchi 
ovqatlanish 
(dietoterapiya) 
tayinlaganda 
quyidagilar aniqlanadi: 
– sifatli mahsulotlarni va ularning miqdorini; 
– taomnomaga ishlov berish qoidalarini (qaynatish, 
bug‘lash); 
– ovqatlanish tartibi (vaqti va soni). 
Parhez – bemorga davolash usuli sifatida yoki kasallik 
asoratlarining oldini olish maqsadida tuziladigan ratsion va 
ovqatlanish tartibidir. Davolovchi ovqatlanish (dietoterapiya) 
uchun quyidagi maxsus parhez stollari ishlab chiqilgan: 
1 – parhez me’da kasalliklarida; 
2 – parhez surunkali me’da, ichak kasalliklarida; 
3 – qabziyatlarda; 
4 – parhez o‘tkir enterkolit, surunkali kolitning o‘tkir 
davrida; 


109 
5 – parhez jigar kasalliklarida; 
6 – parhez podagra va uratli diatezda; 
7 – parhez buyrak kasalliklarida; 
8 – parhez semizlikda; 
9 – parhez qandli diabetda; 
10 – parhez yurak qon - tomir kasalliklarida; 
11 – parhez sil, umumiy ozib ketishda; 
12 – parhez asab sistemasi kasalliklarida; 
13 – parhez o‘tkir yuqumli kasalliklarda; 
14 – parhez siydikning kislotali reaksiyalari va fosfatu-
riyada; 
15 – parhez maxsus parhez stollari talab qilinmaganda 
tayinlanadi. 
Bemorni ovqatlantirishda tibbiy-ijtimoiy xodim bemorning 
ishtahasi pasayishi yoki o‘z ehtiyojlaridan ortiq ravishda ovqat 
iste’mol qilishi, ovqatlanishi haqida yetarli ma’lumotga ega 
bo‘lmasligi kabi muammolarga duch kelishi mumkin.
Bunday hollarda u bemorga ovqatlanishda yordam berishi, 
bemorni moslashtirilgan ovqatlanishga o‘rgatishi, bemor va 
uning qarindoshlariga parhezga rioya qilish va ratsional ovqat-
lanish haqida tavsiyalar berishi kerak. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin