O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102
Malhamli bog‘lam
qo‘yishda qo‘llarini gigiyenik darajada 
tozalab, qo‘lqoplarini kiyiladi. Muolaja mohiyatini bemorga 
tushuntirib, qulay vaziyat beriladi. Tana haroratigacha isitilgan 
dori moddasini bemor terisiga shpatel bilan yengil harakat qilib 
chiziq-chiziq qilib surtiladi va steril salfetka qo‘yib bog‘lanadi. 
Agar terida ko‘plab qatqaloqlar bo‘lsa, malham ustidan 
kompress qog‘ozini qo‘yib, qattiq qilib bog‘lanadi. 
Burunga
kukun, eritma, emulsiya, malham, bug‘ ko‘rinish-
dagi dorilar mahalliy, rezorbtiv va reflektor ta’sir ko‘rsatish 
maqsadida kiritiladi. Burun shilliq qavatida dorilar juda tez 
so‘riladi. 
Kukundori
 
burunga nafas olinadigan havo oqimi bilan 
tortiladi: burunning o‘ng katagini bekitib turib, kukunni chap 
katagi orqali tortiladi va aksincha.
Odam hushdan ketganda reflektor ta’sir ko‘rsatish uchun 
novshadil spirtiga ho‘llangan paxta sharcha bemorning burniga 
yaqinlashtiriladi, uning bug‘lari nafas orqali burunga kiradi. 
Tibbiy- ijtimoiy xodim tomchi dorilarni burunga 
tomizgich
 
orqali tomizadi. Muolajani bajarishdan oldin qo‘llarini gigiyenik 
darajada tozalab, qo‘lqoplarini kiyiladi va kerakli jihozlarni 
tayyorlab olinadi. Albatta, muolaja mohiyatini va maqsadini 


121 
bemorga tushuntiradi. Bemorni chalqanchasiga boshi ostiga 
yostiq qo‘ymasdan yotqiziladi yoki o‘tkazib boshini orqaga 
tashlashi so‘raladi. Burun yo‘llari shilliq bilan to‘la bo‘lsa, dori 
tomizishdan oldin bemorning burun yo‘llari tozalanadi va 
qoqishga yordam beriladi. Bolalarda esa burun steril paxta tam-
ponlar bilan tozalanadi. Tibbiy-ijtimoiy xodim chap qo‘lning 
bosh barmog‘i bilan bemor burnining uchini biroz ko‘tarib, 
tomizgichdagi dorini burun qanotlariga tekkizmasdan (bolalarda 
har bir katagiga 4, kattalarda 6 – 7 tomchidan, yog‘li dori 
moddalardan 15 – 20 tomchidan) tomiziladi, so‘ng bemor 
boshini tomchi tomizilgan katagi tarafiga engashtirishi lozim. 
Dori yaxshi ta’sir etishi uchun tomizib bo‘lgach, burun 
qanotlarini burun to‘sig‘i tomon bosib, boshini oldidan orqaga 
va oldinga qilishi so‘raladi. Bir-ikki daqiqadan so‘ng burunning 
ikkinchi katagiga dori tomiziladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin