110
ME’DA - ICHAK VA SIYDIK YO‘LI MUAMMOLARINI
YECHISH
ME’DA - ICHAK YO‘LI MUAMMOLARI
Hazm a’zolari organizmga
tushadigan murakkab ovqat
moddalarini maydalash va ularni assimilatsiyalanishiga layoqatli
oddiy kimyoviy birikmalarga maydalab,
ovqat luqmasini hazm
yo‘llari bo‘ylab surish, hazm bo‘lgan taomning so‘rilishi va
organizmda shlaklarning chiqarilishi uchun xizmat qiladi.
Qusish
– murakkab reflektor akt bo‘lib, qusish markazining
qo‘zg‘alishidan yuzaga keladi va me’dadagi ovqatning qizilo‘n-
gach, halqum, og‘iz, ba’zan burun yo‘llari orqali beixtiyor otilib
chiqishi bilan o‘tadi.
Qusish me’da-ichak yo‘llari kasalliklari,
til ildizi va yum-
shoq tanglayini ta’sirlantirish oqibatida bo‘lishi mumkin. Bu
periferik qusish
deyiladi. Qusish shuningdek,
kalla suyagi ichi-
dagi bosim oshganda paydo bo‘lishi mumkin, bu
markaziy
qusish
deyiladi. Markaziy va periferik qusish o‘rtasidagi farq
shundaki, periferik yoki me’dadan qayt qilish ko‘ngil aynashi,
so‘lak oqishidan keyin boshlanadi, qusuq massasida hazm bo‘l-
magan ovqat qoldiqlari topiladi. U nordon hidli bo‘ladi. Me’da
bo‘shatilgandan so‘ng bemorning ahvoli ancha yaxshilanadi.
Markaziy qusish hech qanday belgisiz to‘satdan boshlanadi va
bemor ahvolini yengillashtirmaydi.
Ayrim hollarda atayin qus-
dirish zarur bo‘lib qoladi, uning uchun til ildizi shpatel bilan
ta’sirlantirib reflektor ta’siridan foydalaniladi.
Nahorda qusuq
massasiga o‘t suyuqligi qo‘shiladi va unga sarg‘imtir, och sariq
ko‘kimtir tus beradi. Og‘iz bo‘shlig‘idan, qizilo‘ngachning
yuqori bo‘limlaridan yangi qon aralashib kelishi qusuq massasini
pushti rangga bo‘yaydi, me’dadan qon oqayotganida u me’da
shirasini xlorid kislota ta’siri ostida rangini o‘zgartiradi va qusuq
massasi qo‘ng‘ir, deyarli qora tusga (kofe quyqasi rangiga)
kiradi.
111
Tibbiy-ijtimoiy xodim bunday hollarda qusuq massasini shi-
fokor kelguncha qoldiradi, so‘ngra uni bo‘g‘zi keng va qopqoqli
darajalangan toza bankada laboratoriyaga jo‘natiladi. Yo‘llan-
maga bemor va tekshirishning maqsadi haqida ma’lumotlar
yozilgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: