O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi r. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziev, A. A. Karimov audit


Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish



Yüklə 411,95 Kb.
səhifə46/121
tarix16.12.2022
ölçüsü411,95 Kb.
#75652
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o

Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish

Boshqa auditor - asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bo’linmaning moliyaviy axborotini tekshiradigan va mazkur axborotga doir hisobotni tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor;


asosiy auditor - moliyaviy hisobot boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning bir yoki undan ortiq bo’linmalari bo’yicha moliyaviy axborotni o’z ichiga olgan hollarda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik xulosasini tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor;
bo’linma - faoliyati to’g’risidagi moliyaviy axborot asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan moliyaviy hisobotga kiritiladigan bo’lim, filial, shu’ba korxonasi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt.
Quyidagi omillar ta’siri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati tug’iladi:
asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan bo’linma moliyaviy axborotining hajmi;
asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib ko’rsatishlar xatari.
Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor:
taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi;
boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi;
bo’linma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor bilan suhbat o’tkazishi kerak.
Asosiy auditor o’zining boshqa auditor bilimdonligiga tegishli xulosalari haqida ma’lumotnoma tuzadi, unga oid ma’lumotlar bilan birga u ish hujjatlariga qo’shiladi.
Asosiy auditor boshqa auditorni quyidagilardan xabardor qiladi:
a) auditorlik tekshiruvi chog’ida uning mustaqilligi haqida va bu haqda yozma majburiyat oladi;
b) boshqa auditor hisobotini tuzish hamda auditorlik tekshiruvi chog’ida ularning harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli taomillarni o’tkazish tartibi haqida. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida e’tibor talab etiladigan masalalar, shuningdek auditorlik tekshiruvi vaqtining tugashi haqida xabardor qilishi lozim.
Asosiy auditor quyidagi taomillarni bajarishi shart:
a) boshqa auditor bilan qo’llaniladigan auditorlik taomillarini muhokama qilish;
b) boshqa auditorning reja va dasturini ko’rib chiqish va tasdiqlash;
v) boshqa auditorning ish hujjatlarini ko’rib chiqish;
g) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) ma’muriyati bilan boshqa auditor tekshiruvi natijalarining muhokamasida ishtirok etish;
d) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotini qo’shimcha tekshiruvdan o’tkazish yo’li bilan boshqa auditor ishining sifatini nazorat qilish.
Boshqa auditor asosiy auditorga ma’lum bo’lgan hamda boshqa auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy axborotni to’g’rilash va oshkor etishni talab etadigan boshqa bo’linmalarning bitim hamda operatsiyalariga taalluqli so’rovlar qilishi mumkin.
Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axboroti tekshiruvining borishi haqida asosiy auditorni muntazam xabardor qilib turadi.
Asosiy auditorga boshqa auditorning so’rovnomasi yozma shaklda bayon etilishi, sana qo’yilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim.
So’rovnomada asosiy auditor boshqa auditorga javob qaytarishi kerak bo’lgan muddat ko’rsatiladi.
Asosiy auditor boshqa auditordan so’rovnoma olgan taqdirda boshqa auditorning so’rovnomasida ko’rsatilgan muddatni hisobga olgan holda yozma shaklda javob yo’llashi lozim.
Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bo’lishi lozim.
Asosiy auditorning maktubiga sana qo’yilishi va boshqa auditorga tilxat orqali berilishi lozim.
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisobotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa auditorning hisobotiga kiritilgan axborotlar ham qo’shiladi.
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi.
Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli o’z hisobotining haqiqiyligi uchun javobgar bo’ladi.
Agar asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan xulosaga kelgan bo’lsa, asosiy auditorning o’zi esa boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli qo’shimcha taomillarni bajara olmasa, u auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli belgilangan tartibda auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechadi.

Yüklə 411,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin