qo’llaniladigan buxgalteriya hisobi shakli va korxona buxgalteriyasida tuziladigan hisob registrlari ro’yxati;
moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish bilan bog’liq dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi) bilan;
korxonaning moliyaviy qo’yilmalari, qarz shartnomalarini rasmiylashtirishga ruxsat etilgan shaxslar ro’yxati; moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish uchun korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari;
Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order shaklidan foydalanadigan korxonalarda jurnal-orderlar qo’llanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki hujjatlardagi axborotlar to’planadi va muomalalar aks ettiriladi.
Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olishda kompyuter dasturlaridan foydalanilganda schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlarining bosmadan chiqarilgan yozma nusxasining ma’lumoti tuziladi.
Moliyaviy qo’yilmalarning analitik hisob registri sifatida «Qimmatli qog’ozlarni hisobga olish daftari» tavsiya etiladi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha muomalalar quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi: ta’sis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav kapitaliga investitsiyalar qilishda), qimmatli qog’ozlar oldi-sotti shartnomasi, qarz shartnomasi, depozit jamg’arma uchun shartnoma, qimmatli qog’ozlarni garovga qo’yish shartnomasi, oddiy shirkat shartnomasi (hamkorlikdagi faoliyat shartnomasi) va boshqalar. Auditor ushbu ko’rsatilgan shartnomalar qoidalarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq muomalalarni tartibga soladigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshirishi lozim.
Moliyaviy qo’yilmalar auditida ma’lumot manbasi sifatida foydalaniladigan dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: qimmatli qog’ozlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, hamkorlikdagi faoliyatga qo’shiladigan ulushni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, umumiy ishni yurituvchi hamkor tomonidan mulklarni qabul qilish to’g’risidagi avizo, pul shaklidagi ulushlarni o’tkazish to’g’risidagi to’lov-topshiriqnomasi va bank ko’chirmasi (naqd pulsiz hisob-kitoblarda) yoki kassa chiqim orderi va kassa kirim orderining kvitantsiyasi (naqd pullik hisob-kitoblarda), qimmatli qog’ozlar qiymatini to’lash uchun beriladigan mulklar (aktivlar)ni rasmiylashtirish schet-fakturasi va nakladnoyi, qimmatli qog’ozlar va qat’iy hisobda turadigan blankalarning inventarizatsiya ro’yxati va boshqa hujjatlar.