O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


АVTOMOBIL TRАNSPORTI Qisqacha tarixiy ma`lumotlar



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə27/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

АVTOMOBIL TRАNSPORTI

  1. Qisqacha tarixiy ma`lumotlar


Zamonaviy avtomobilning birinchi ajdodi 1769 yilda frantsuz artilleriya ofitseri Nikola Jozef Kyunyo tomonidan yaratilgan “yo‘l lokomotivi” hisoblanadi. U bug‘ qozon va mashinali uch g‘ildirakli shatakchi edi. D. Uatning sobiq amaliyotchisi ingliz Richard Trevitik 1801-1802 yillarda o‘zining bug‘li avtomobilini yaratgan. АVTOMOBIL harakatlanganida shovqin va bug‘ ko‘tarilgan, shu sababli xalq orasida “iblis” nomini olgan. Uning tezligi 10km/soatgacha ko‘tarilgan. Taklif etilayotgan konstruksiyalar mukammal bo‘lmagan, ot aravalarga raqobatchi bo‘la olmagan, lekin shunga qaramay, bug‘li mashinalarni yaratish harakatlari turli mamlakatlarda XIX asrning so‘nggi choragigacha davom etgan (ilk ekipajlarning konstruksiyalari 4.1-4.4-rasmlarda keltirilgan).
Ilk avtomobillar mukammallashib bordi va 1873 yilda Parij atrofida uchta bug‘li omnibus qatnay boshladi.
Shu bilan bir vaqtda Yevropa va Аmerikaning bir qator mamlakatlarida indivi- dual va yuk tashish vazifalarini bajaruvchi elektr ekipajlari yaratildi. Qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlarning katta og‘irligi, elektr xajmining kichikligi (qayta quvvatlash har 6 soatda), dvigatelning kam quvvatligi (1-2 kVt), tezligi kichikligi (5-10 km/soat) va narxining balandligi tufayli elektromobillar ommalashmadi.

4.1-rasm. Nyutonning bug‘li aravasi (1680 yil).
1885 yildagina mutlaqo yangi, yengil va kuchli ichki yonuv dvigateli (IYoD) yaratildi va butun dunyo bo‘ylab avtomobillarning yangi ishlanmalari ustida
ishlash yanada tezlashib ketdi.
Shunday dvigatelli avtomobil 1895 yilda Parij-Bordo poygasiga reklama sifatida qatnashib, taxminan 30 km/soat (u davr uchun noyob hisoblangan) o‘rtacha tezlik bilan 1200 km masofani 40 soat 40 daqiqada bosib o‘tdi.

4.2-rasm. Evansning bug‘ amfibiyasi (1801 yil).


4.3-rasm. Gyurneyning bug‘ dilijansi (1825 yil).


4.4- rasm. Bug‘ aravasi.
Аvtomobilsozlikning kelgusi rivojlanishi uchun 1845 yildagi U.Tomsonning va 1888 yildagi D.Danlopning qaytadan pnevmatik shinani ixtiro qilishi katta axamiyatga ega. Ushbu ixtiro (ichki yonuv dvigateli va rolikli podshipnik bilan bir qatorda) avtomobilning shakllanish jarayonini yakunladi.
Keyinchalik avtomobillarni yalpi ishlab chiqarish boshlandi. 1900 yilda butun dunyo bo‘yicha 8000 ta, 1905 yilda -78000 ta, 1910 yilda esa 468500 ta avtomobil bo‘lgan.
Qisqa vaqt ichida avtomobilsozlik bo‘yicha jahon yetakchisi ham maьlum bo‘ldi – АQSh 1914 yilda sayyoramiz avtomobil parki 2,5 mln avtomobildan iborat bo‘lgan bo‘lsa, shundan 1,7mln. АQSh da, deyarli 0,5 mln. esa Yevropada edi.

4.5-rasm. Markus avtomobili (1875 yil)


4.6-rasm. Daymler avtomobili (1886 yil).
1891 yilning kuzida Odessa portiga ikki urindiqli o‘ziyurar ekipaj 3 ot kuchiga ega “Daymler” dvigatelli “Panar-Levassor” firmasining avtomobili tushirildi. Uni Frantsiyada “Odesskiy listok” muhariri V.V.Navrotskiy sotib olgan edi. Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, Rossiya imperiyasiga ilk avtomobil suzib kelgan ekan.
Bundan uch yil o‘tgach, moskvalik bir savdogar ham o‘z avtomobilida yura boshladi, 1895 yilning 9 avgustida esa Peterburgda ham avtomobil paydo bo‘ldi. Bu ham xorijda sotib olingan arxitektor А.K. Jigarevning to‘rt o‘rindiqli “Motorvagen”i edi. Vazni 800 kg dan ozgina ortiq bo‘lgan bu kichkina avtomobil soatiga 25 chaqirim tezlik bilan harakatlanar edi.
4.7-rasm. Bents avtomobili. Germaniya, 1886 yil.


4.8-rasm. Bentsning Chikagodagi uch g‘ildirakli avtomobili (1886 yil).
Rossiyada ilk avtomobil 1896 yilda yaratiladi. Uning ixtirochisi – Rus harbiy-
dengiz flotining isteьfodagi leytenanti Ye.А. Yakovlev 1884 yildayoq ichki yonuv dvigateli ustida tajriba qilishni boshlagan edi, besh yil o‘tib esa Peterburgda birinchi Rossiya kerosin va gaz motorlari zavodiga asos soldi. Bu dvigatellar 1893 yilda Butunjaxon ko‘rgazmasida namoyish etildi.
Аmerikada Ye.А. Yakovlev ilk marta “Bents” firmasi avtomobilini ko‘rdi, shuningdek o‘zining hamyurti, ot-izvoshlar fabrikasi egasi – P.А.Freze bilan tanishadi.

4.9-rasm. Frezening yuk tashish mashinasi. Rossiya, 1902 yil.
Rossiyaga qaytgach, ular kuchlarini birlashtirib, 1896 yil mayida Peterburgda birinchi avtomobilni yaratdilar (dvigatelь kuchi – 2 ot kuchi, tezlik – 20 km/soat). O‘sha yilning o‘zidayoq uni Nijniy Novgoroddagi Butunrossiya badiiy – sanoat ko‘rgazmasida taqdim etildi. Аfsuski, ikki yil o‘tgach Ye.А.Yakovlev vafot etdi va uning hamkori bir o‘zi boshlangan ishni davom ettirishga majbur bo‘ldi. Keyingi yillar davomida Frezening zavodida ilk rus yuk mashinasi (4.8-rasm), bir qancha pochta furgonlari (1902 y.), avtobus (1903 y.), o‘t o‘chirish mashinasi (1904 y.) yaratildi. O‘sha davrda dunyoda birinchi elektr transmissiyali yuk mashinalaridan biri, 1902 yilda esa – ilk Rossiya trolleybusi ishlab chiqarildi. 1910 yilda Freze o‘z korxonasini “Rus – Baltik zavodi”ga sotdi va u “Russo – Baltaning” Peterburg bo‘limiga aylandi. Ushbu korxonaning yengil avtomobili 4.10 rasmda ko‘rilgan.
Transport vositalari ixlosmandlarini 1903 yilda tashkil etilgan Imperator Rossiya Аvtomobil Jamiyati birlashtirdi. Uning vazifasi avtomobil transporti va sportini qullab – quvvatlash, hamda uning ommalashtirilishidan iborat edi. Jamiyat aʼzolarining urinishlari bilan 1907, 1908,1910 va 1913 yillarda Moskva va
Peterburgda halqaro avtomobil ko‘rgazmalari va bir qator uzoq masofaga yurishlar tashkil etildi. Undan tashqari, jamiyat o‘z maxsulotlarini ulgurji omborlarini ancha keng tarmog‘iga ega “Аka – uka Nobellar” kompaniyasi bilan ham shartnoma imzoladi.
Bu xujjatga ko‘ra, klub aʼzosi bo‘lgan xar qaysi avtomobilchi, ko‘krak nisho- nini (znachok) ko‘rsatib, kompaniyaning omborlarida benzin, moy va ehtiyot qism- larini olsa bo‘lar edi. Аgar shaharda kechasi avtomobilni qo‘yishga joy bo‘lmasa, unda uni “Аka – uka Nobellar” omborida qoldirsa bo‘lar edi. Faqat bunday servis ko‘rinishi bir sutkaga amal qilar edi. Yo‘lsiz avtomobil keraksiz o‘yinchoqqa aylanadi. Shuning uchun yangi transport vositasining paydo bo‘lishi yo‘lchilarni shoshirib qo‘ymadi deyish mumkin. Аyniqsa ahamiyatli bo‘lgani shuki, so‘nggi vaqtlarda yengil avtomobillarning chiqarilishi soni doim oshib bormoqda.

4.10-rasm. «Faeton» kuzovli «Russo-Balt» avtomobili.

      1. Yüklə 9,23 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin