TA’LIMDA ELEKTRON RESURSLAR. Zamonaviy o’quv electron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi. Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham electron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi:
O’quv nashrlari quyidagi turlarga bo’linadi:
- o’quv jarayonidagi ahamiyati va o’rnini belgilovchi funksional xususiyatiga ko’ra;
- maqsadiga ko’ra;
- taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko’ra;
- matnning tashkil etilishiga ko’ra;
- ifoda etilish shakliga ko’ra .
Elektron nashrlar quyidago turlarga bo’linadi:
- bosma ekvivalentining mavjudligiga ko’ra;
- asosiy axborot tabiatiga ko’ra;
- maqsadiga ko’ra;
- tarqatilish texnologoyasiga ko’ra;
- elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra;
- davriyligiga ko’ra;
- strukturasiga ko’ra .
Xozirgi vaqtda o’quv nashrlarining to’rt xil turdagi nashrlarni o’z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo’lib, bularga:
Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to’plamlari).
Shu bilan birga bu guruxga nazorat qiluvchi elektron o’quv nashrlari bo’lmish - test dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish mumkin.Tuzilishiga ko’ra electron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan) va ko’p tomli (har bittasi alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron nashrlar)
Shunigdek bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud.
Materialni bayon etish shakliga ko’ra elektron o’quv nashrlar konveksion(ta’limning axborot berish funksiyasi), dasturiy(dasturlash vositalari yordamida yaratilgan), muammoli(muammoli o’qitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal(sanab o’tilgan modellarning alohida elementlarini saqlovchi) turlarga bo’linadi. Maqsadiga ko’ra elektron o’quv nashrlar beshta asosiy guruxga bo’linadi: maktab o’quvchilari uchun, bakalavrlar uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun, boshqalar uchun.