O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


Oliy ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlik



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə42/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99
UMK (2022-23)

3. Oliy ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlik.
Oliy ta’lim tizimi. O’zbekistondagi ta'limning barcha bosqichlari uchun zamon talablariga javob beradigan yangi davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, shu jumladan, mulitimediyali o'quv dasturlari hamda millionlab nusxada nashr qilinayotgan darsliklar va o'quv qo'llanmalari ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Ilg'or pedagogik texnologiyalar va o'qitishning interfaol usullaridan keng foydalanilmoqda. Har bir o'quv muassasasida o'quv adabiyotlarning, shu jumladan, elektron o'quv adabiyotlarining katta zahiralariga ega, o'z axborot-resurs markazlari mavjud. Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ta'limning kutilayotgan davomiylik muddati 1990 yildagi 13,7 yildan 2010 yilda 15,6 yilga o'sdi. Ushbu ko'rsatkich va aholining savodxonlik darajasi ko'rsatkichi bo'yicha O’zbekiston ko'plab rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetib oldi. Mustaqillik yillarida oliy o'quv yurtlari soni 37 tadan 66 taga o'sdi.
1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi.
Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konmetallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi. 1993-yil «O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan va zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan yuqori malakali oliy va o‘rta maxsus ta’lim olgan mutaxassis kadrlarni Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xo‘jaligi, Qarshi Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti ish boshladi. Mamlakat viloyatlarida oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi.
1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi. 1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996- yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi «Talim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi.
Mamlakat oliy o'quv yurtlarida ta'lim, fan va ishlab chiqarishni birlashtirish jarayoni rivojlanmoqda. Talabalar ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etmoqdalar, innovasion faoliyat bilan, shu jumladan, korxonalar buyurtmasiga ko'ra shug'ullanmoqda. Talabalarning ishlari mamlakatimizning yangi texnologiyalarini va fan keng qo'llaniladigan mahsulotlarni namoyon etuvchi har yillik ko'rgazmalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Faqat 2011 yilning o'zida Innovasion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida oliy o'quv yurtlarida yaratilgan texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish uchun 3 milliard 579,4 million so'mlik shartnomalar tuzildi. Talabalarni fundamental izlanishlarga jalb qiluvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o'zaro manfaatli aloqalar yaqindan yo'lga qo'yilgan. Bu yosh ilmiy kadrlarni tayyorlashga keng imkon berdi.
Yetakchi oliy o'quv yurtlarida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ishtirokida hozirgi vaqtda fan, texnika va texnologiyalarning eng istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha o'quv-ilmiy laboratoriya majmualari yaratilmoqda.
Shuningdek, Prezidentning 2013-yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi.
Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim, tarmoq sohalarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi.
Prezidentning 2015-yildagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 15 yetakchi oliy ta’lim muassasalari – tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilandi.
Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning yetakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or yutuqlarni, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli tashkil qilindi. Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar.
Yurtimiz va xorijdagi o‘quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim olmoqda va o‘z masalakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga chiqdi. Yoshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan bahramand qilishga katta e’tibor berilmoqda. Respublika o‘quv yurtlarining chet ellardagi o‘quv markazlari bilan aloqalari ancha mustahkamlandi. Chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislarni xorijiy tilda mashg‘ulot olib borish uchun taklif qilish, shuningdek, chet el o‘quv va ilmiy markazlarida xodimlarning malaka oshirishi va talabalarning o‘qishi kengayib bormoqda. Ayni vaqtda jahonning ko‘plab mamlakatidan kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda ta’lim olmoqda.
2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin, davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7 yildan 6 yil va tibbiy profilaktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tuzilmasi faol rivojlantirilmoqda. Oliy o'quv yurtlarida yo'nalish bo'yicha nomzodlik doktorlik dissertasiyalarini himoya qilish bo'yicha ixtisoslashgan kengashlar faoliyat ko'rsatmoqda. 2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va doktarantura (3-yil)dan iborat bo‘lib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli doktarantura faoliyat olib bordi. 2013–2017-yillar oralig‘ida faqat 360 ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiytadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning 1- iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin