O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


Transformatorlarni tuzilishi va ishlash printsipi



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə47/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

2.Transformatorlarni tuzilishi va ishlash printsipi.
Elektr energiyasi manbaadan kelib kiradigan chulg‘am – birlamchi chulg‘am deb, energiya iste‘molchisi ulanadigan boshqa chulg‘am ikkilamchi chulg‘am deb ataladi. Birlamchi chulg‘amga berilgan o‘zgaruvchi U1 kuchlanishdan I1 tok va po‘lat o‘zak orqali yopiluvchi Ф magnit oqimi hosil bo‘ladi. Elektromagnit induktsiya qonuniga asosan o‘zgaruvchan Ф magnit oqimi ta’sirida birlamchi chulg‘amda o‘zinduktsiya EYuK i E1 ni, ikkilamchi chulg‘amda esa o‘zaroinduktsiya EYuK i E2 ni yuzaga keltiriladi. Agar ikkilamchi chulg‘amga yuklama ulansa I2 yuklama toki hosil bo‘ladi va ikkilamchi kuchlanish U2 ni kamayishiga sabab bo‘ladi. Yuqori kuchlanishli chulg‘amdagi EYuK qiymatining past kuchlanishli chulg‘amdagiga nisbati transformatorlarning transformatsiya koeffitsenti deyiladi va K bilan belgilanadi:

Transformatsiya koeffitsentiga bog‘lik ravishda transformatorlar kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi guruhlarga bo‘linadi.

1-rasm.Bir va uch fazali transformatorning prinsipial sxemasi.
2.Uch fazali transformatorlar. O‘lchash transformatorlari.

2-rasm Uch fazali transformatorning tuzilishi.
Uch fazali transformatorning uch o‘zagi bo‘lib, uchta o‘zak steijenning har birida bitta fazaning ikkita chulg‘ami joylashgan. Bu uchta o‘zak yagona elektromagnit zanjimi tashkil etadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar yulduzcha yoki uchburchak usullarida ulanadi. Ikkilamchi chulg‘amning ulanish usuli iste‘molchining nominal kuchlanishiga qarab aniqlanadi.2- rasmda kuch transformatorlarida keng qo‘llaniladigan birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar yulduzcha usulida ulangan uch fazali transformator ko‘rsatilgan. Bu pasaytiruvchi transformator bo‘lib, birlamchi 10 kV kuchlanishli chulg‘am yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Ikkilamchi chulg‘am esa past kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Past kuchlanishli chulg‘amning neytral simi chiqariladi. Demak, past kuchlanishli chulg‘amda faza va liniya kuchlanishlari mavjud. Rasmda X, Y, Z harflar bilan yuqori kuchlanishli chulg‘amlar, mos ravishda, tugash uchlari ham belgilangan. Yuqori kuchlanishli tarmoqlarda elektr kattaliklarni transformatorlar yordamida ham o‘lchash mumkin. Yuqori kuchlanishli tarmoqlarda tok, kuchlanish, quvvat va elektr energiyasini o‘lchashda, xavfsizlikni ta’minlash va odatdagi ol‘chov asboblarini o‘lchash chegaralarini oshirish maqsadida ikki xil ol‘chov transformatorlaridan foydalaniladi. Birinchi xil transformatorlarda o‘lchaganda transformator ikkilamchi chulg‘amining qarshiligi iloji boricha kam bo‘lishi, ya‘ni o‘lchash jarayonida qisqa tutashish rejimiga yaqin bo‘lishi kerak. Transformatsiyalash koeffitsiyenti esa o‘zgarmas bo‘lishi lozim:

Tok transformatorining ikkilamchi chulg‘amiga ampermetrdan tashqari vattmetr yoki elektr energiyasini hisoblagich ham ulanadi. Ikkinchi xil o‘lchash transformatorlari kuchlanish transformatori bo‘lib, ulaming transformatsiyalash koeffitsiyenti o‘zgarmasdir:

Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti (FIK):
,
bunda Pn — transformator tarmoq qutblaridagi quvvat, P2 — iste‘molchi qutblaridagi quvvat, Sisl — iste‘molchining to‘liq quvvati, Snom — transformatorning nominal quvvati, p — yuklanish koeffitsiyenti. Bu transformatorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, me’yor (nominal) rejimida P =0,7 0,85 ga teng. Elektr podstansiyadagi ikki transformatoming yuklanish koeffitsiyenti p ni 1,2—1,4 gacha ko‘tarish mumkin. Transformatorlami loyihalashda yuklanish koeffitsiyenti 0,7—0,85 ga teng bo‘lganda eng katta (maksimal) FIK ta’minlanadi. Transformatorlaming maksimal FIK q= 0,95 = 0,9.Transformatsiya koeffitsentiga bog‘liq ravishda transformatorlar kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi guruhlarga bo‘linadi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin