O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə71/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

2.Qo‘lda boshqarish apparatlari.
1. Rubilniklar- bir va uch fazali elektr energiya iste‘molchilarini o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘lda ulash bilan ishlatiladi (61- rasm). Ko‘p hollardarubil’niklar kuchlanish 500 V gacha va 1000 A gacha toklarda ishlatiladi.

3-rasm .Rubil’nik 4-rasm.Knopka
Knopkalar- elektr mashinalar va elektr energiya iste‘molchilarini ulash, ajratish va Qaytar ulash uchun ishlatiladi (4- rasm). Iste‘molchini ulaydigan knopka bo‘silganda uning kontaktlari tutashadi. Iste‘molchini ajratadigan knopka bosilganda esa uning kontaktlari ajraladi. Qaytar ulash knopkasi ham ajraladigan, ham tutashadigan kontaktlarga ega bo‘ladi.
Paketli (yig‘ma) uzgichlar-Ular iste‘molchilarni boshqarish uchun ishlatiladi.
(5- rasm). Paketli uzgich izolyatsion materialdan qilingan qo‘zg‘almas halqalar (paketlar) va ularga mahkamlangan qo‘zg‘almas kontaktlardan iborat bo‘lib, bu kontaktlarga tarmoq, similar ulanadi. Qo‘zg‘aluvchan kontakt to‘rt yoqli o‘qqa joylashtirilgan. Uzgichning dastasi buralganla qo‘zgaluvchan kontaktlar o‘zaro
90°ga siljigan ikki vaziyatni egallashi mumkin. Qo‘zgaluvchan kontaktlar juft bo‘lib tutashganda,qo‘zgalmas kontaktlarni yuqoridan va pastdan qamrab oladi.

5 - rasm . Paketli uzgich.
3.Himoya apparatlari.
Eruvchan saqlagichlar - Iste‘molchilarni va simlarni o‘ta yuklanish va qisqatutashish toklaridan himoya qilish uchun eruvchan saqlagichlar qo‘llaniladi.Yuklanishning ortib ketishidan eruvchan saqdagichlarning himoya qilishi ishonchli emas, chunki ular, masalan, 25% li o‘ta yuklanishga cheksiz vaqt davomida, 60% li o‘ta yuklanishga bir soat davomida, 80% li o‘ta yuklanishga ikki minut davomida chidashi mumkin. Qisqa tutashuvvaqtida va katta o‘ta yuklanishlarda saqlagichlarning quymasi erib, iste‘molchini tarmoqdan ajratadi.

6-rasm. Tiqinli saqlgich: quyma. 7-rasm. Inertsiyali saqlagich:1-qizituvchi element, 2 — plastina, 3—oson eriydigan qalaylangan joy , 4—detal’, 5— prujina,6—eruvchan quyma.
Tuzilishi buyicha saqlagichlar tiqinli va naychasimon bo‘ladi. Tiqinli saqlagichning tuzilishi 6- rasmda ko‘rsatilgan.Elektr dvigatellar yurgizish paytida qisqa vaqt davomida tarmoqdan katta toklarni iste’mol qiladi.
Normal rejimda ularning toklarinominal qiymatiga teng bo‘ladi.Shuning uchun oddiy saqdagichlar dvigatellarni himoya qilish uchun yaramaydi. Sababi: saqlagich yurgizish tokiga hisoblab olinsa, u dvigatelni normal rejimida o‘ta yuklanishlardan himoya qilinmaydi, agar saqlagich nominal tokka hisoblab olinsa u dvigatelni yurgizish vaqtida kuyib ketadi. Shuning uchun dvigatellarni himoya qilish uchun inertsiyali saqdagichlar o‘rnatiladi (8-rasm). O‘ta yuklanishli toklarda qo‘zatuvchi elementning temperaturasi ko‘tariladi va issiqlik undan oson eriydigan qalaylangan joyga uzatiladi. O‘sha joy eriganda detal prujina ta’sirida chapga surilib tok zanjirini ajratadi. Qisqa tutashish toklarida qalaylangan joy erishga ulgurmaydi, chunki saqlagichning eruvchan quymasiundan tezroq kuyib ketadi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin