O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə77/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

4.Elektroenergiyani uzatish.
Zamonaviy elektrostansiyalarni suv manbalari, ko‘mir va gaz zahiralari bor joylarda quriladi, chunki bu zahiralarni iste‘molchilar bor yerga olib borishdan elektroenergiyani masofaga uzatish arzon va qulaydir. Elektroenergiyani uzoq masofadagi iste‘molchilarga uzatib beradigan qurilmalarni elektroenergiya uzatish liniyalari deb ataladi. Masalan, Sirdaryo GRESidan Farg‘ona vodiysi,
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga hamda Toshkentga elektroenergiyani 500 ming voltli elektroenergiya uzatish liniyalari orqali uzatiladi. 110 kilovoltli liniyalar elektroenergiyani iste‘molchilarga taqsimlab berishi uchun ishlatiladi. Uning uchun 110/35 kV transformator podstansiyalari quriladi. Bu transform atorli podstansiyalarda 110 k ilovoltli kuchlanishni 35 kilovoltli kuchlanishga aylantirib beriladi. Transformatorlar iste’m olchilar yashash joyiga o‘rnatilib, undagi 35 kilovoltli kuchlanish 6-10 kilovoltli yoki 0,4 kilovoltli kuchlanishga aylantirib beriladi. 110 kilovoltli kuchlanishga ega bo‘lgan liniyalar qishloq joylaridan o‘tgan bo‘lsa, bu kuchlanishni 0,4 kilovoltli kuchlanishga aylantirib beradigan transformator butkalari o‘rnatiladi. 110 ming voltli kuchlanishni 6-10 yoki 0,4 kilovoltga aylantirib beradigan transformator punktlarini ushbu qodlanma muallifi yaratgan. Hozirda bunday transformatorlar respublikamizning turli viloyatlarida ishlatilib kelinmoqda. Toshkent metrosini elektroenergiya bilan ta’minlashda 110 kilovoltli kabel liniyalari qo‘llangan. Kabellarning har birining ichida katta bosimda transformator moyi ushlab turiladi. Bunday qurilma 1984-yildan beri ishlaydi. Agarda. bunday liniya Toshkent shahrida qo‘l lanilmaganda, uylarni buzib, yerning ustidan 110 ming voltga ega bo‘lgan elektr uzatish liniyalarini qurish kerak bo‘lar edi.
5 . Elektroenergiyani taqsimlash.
Elektroenergiyani ishlab chiqarish, uni masofalarga uzatish, va iste‘molchilarga taqsimlash hamda tokopri yomniklami ishlatishda elektroenergiyani taqsimlash asosiy muammo hisoblanadi. 2-rasmda iste‘molchilarni elektroenergiya bilan ta’minlash sxemasi ko‘rsatilgan. PS- podstansiya, К-ochiq elektr liniyasi yoki kabel liniyasi

2-rasm. Iste‘molchilarni elektroenergiya bilan ta’minlash sxemasi.
Transformatorning elektroenergiya uzatish liniyalari va taq sim lash tarm oqlari uchun yuqori kuchlanishli kommutatsiya apparatlari ishlatiladi. Liniyalar va tarmoqlarni ulash, o‘chirish hamda qisqa tutatishdan saqlash uchun yuqori kuchlanishga mo‘ljallangan viklyuchatellar qo‘llanadi. Elektr tarmoq liniyalaridan o‘tadigan quvvatni hisoblash, simlarning qalinligini aniqlash uchun iste‘molchilarning quvvatini bilish kerak. Masalan, elektrodvigatelning hisoblash (raschyotniy) quvvatini quyidagi formula bilan aniqlanadi:

bu yerda:Pp — dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti.
dvigatelning reaktiv hisoblash quvvati Q va to ‘liq quvvati Sp- ni quyidagicha topiladi:

bu yerda: 𝐜𝐨𝐬𝛗 — elektrodvigatel quvvat koeffitsiyentining nominal miqdori. Iste‘molchilarning talab koeffitsiyenti:

bu yerda: 𝐏𝐧𝐨𝐦 — dvigatelning nominal quvvatlari yig‘indisi. Yoritish lampalarning quvvatlarini hisoblanganda, bir kvadrat metr joy hisobga olinadi. Bu ko‘rsatkich qo‘llanmalarda keltirilgan.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin