Dastur nomi
|
Chilangarlik ishlari
|
Ajratilgan soat
|
60
|
Mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
O‘quvchilarda payvandlash ishlariga tayyorgarlik ko‘rishda detallar va zagotovkalarga chilangarlik asboblari bilan ishlov berish, yuzalarni tozalash hamda detallar, qismlar va mexanizmlarni yig‘ib payvandlashga tayyorlash, rezbali, yelimli, parchinli birikmalarni yig‘ish uchun bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
o‘quvchilar chilangarlik kasbi va ishi turlari, ish joyidagi jixozlar, ish joyini xavfsizlik texnikasiga rioya qilib tashkil etish, chilangarlik ishlarida qo‘llaniladigan ishlov berish va o‘lchash asboblari, detallarga chilangarlik ishlov berish texnologiyasi to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladi;
o‘lchash, rejalash, ishlov berish asboblaridan foydalanadi hamda rejarlash usullarini bajara oladi;
metall list, prutok va quvurlarni egish, to‘g‘rilash bo‘yicha ishlarni bajara oladi
metallarga kesish va qirqish usullari bilan bo‘laklarga ajratadi.
metall yuzasi va qirralariga qo‘lda va mexanizasiyalashga asbobda ishlov beradi.
parmalash ishlarini bajaradi
rezbarni kesadi va rezbali birikma yig‘adi;
kavsharlash va yelimlab biriktirish ishlarini bajaradi; - chilangarlik asboblarini sozlaydi.
|
Bilimlar
|
chilangarlik ishi turlari, mehnat madaniyati, mahsulot sifati, texnika, elektr va yong‘in havfsizligi, sanitariyagigiyena qoidalari;
o‘lchash asoslari, chilangarlikdagi o‘lchash asboblari, o‘lchash qoidalari;
tekislikda va fazoviy rejalash qoidalari;
metallarni kesish texnologiyasi;
metallarni qirqish texnologiyasi;
metallarni to‘g‘rilash texnologiyasi;
metallarni egish texnologiyasi;
egovlash texnologiyasi;
parmalash texnologiyasi;
parchinlash texnologiyasi;
kavsharlash, qoviyalash va yelimlab biriktirish texnologiyasi;
rezba kesish texnologiyasi;
chilangarlik asboblarini sozlash talablarini bajarish.
|
Dostları ilə paylaş: |