О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Metallarningg birlamchi kristallanishi



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
Metallarningg birlamchi kristallanishi 
Metallning atomlari tartibsiz harakatda bo‟lgan suyuq holatdan atomlari batartib 
joylashgan qattiq holatdga o‟tish jarayoni birlamchi kristallanish deyiladi.
Har qanday modda sharoit o‟zgarganda kichik erkin energiyali, barqaror holatga o‟tishga 
intilishi sababli bu jarayonda issiqlik ajraladi yoki yutiladi. Bunda ma‟lum qonuniyat asosida 
moddaning erkin energiyasi o‟zgaradi.
Ma‟lumki, metall hali suyuqligida uning atomlari uzluksiz betartib harakatda bo‟ladi. 
Metall harorati pasaygan sari atomlarning tartibsiz harakati ham susayib, ma‟lum bir haroratdan 
boshlab, suyuq metallning ayrim sohalarida kristallanish markazini hosil qiluvchi atomlar
guruhi vujudga keladi, u “tug‟ma” kristallanish markazlari deyiladi. Jarayonda bu 
markazlarning ba‟zilari tartibsiz harakatda bo‟lgan atomlarning kelib urilishlari natijasida 
parchalanib ketsa, ba‟zilari esa bombardimon qilinmay qoladi. Bu “turg‟ma” turg‟un markazlar 
atrofida metall kristallana boshlaydi. Metallda erimagan turli oksidlar va metallmas zarrachalar 
ham kristallanish markazlari rolini o‟ynaydi.
Kristallanishning dastlabki davrida vujudga keladigan kristallar (monokristallar) ma‟lum 
geometrik shaklda bo‟lib, erkin o‟sa boradi, lekin ularning biri ikkinchisidan o‟zining 
o‟lchamlari va o‟sish yo‟nalishi bilan farq qiladi. O‟sayotgan bu kristallar bir-biri bilan 
to‟qnashganda ularning to‟g‟ri geometrik shakli buzilib, avvalgi yo‟nalishlar buyicha 
kristallarning erkin o‟sishi to‟xtab, o‟sish to‟sqinlik bo‟lmagan y‟onalishida davom etadi. 
Shunday qilib, kristallanish to‟la tugaganda turli shaklli, o‟lchamli va turli tomonga yunalgan 
donalar hosil bo‟ladi (3-rasm). Donalar o‟lchami kristallarning o‟sish tezligi (K.T.) ga va 
kristallanish markazlari soni (M.S.) ga bog‟liq. 4-rasmda kristallarning o‟sish tezligi va 
markazlari sonining o‟ta sovish darajasi (n) ga qarab o‟zgarishi sxematik ravishda ko‟rsatilgan.


3- rasm. Kristallarning o‟sish sxemasi. 
4-rasm. Kristallarning o‟sish tezligi (KT) va kristallanish markazlari soni (MC) ning 
o‟ta sovish darajasi (n) ga qarab o‟zgarish grafigi. 
Ushbu diagrammaga asoslanib, hajm birligidagi dona o‟lchamlarining K.T. va M.S. ga
bog‟liqligini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
Bu yerda: K.T. - kristallarning vaqt ichida o‟sish chizig‟iy tezligi; M.C. - kristallanish 
markazlarining vaqt birligi ichida hajm birligida hosil bo‟lish soni, 1mm
3

sek; f-proporsionallik 
koeffitsiyenti.
Kristallanish jarayoni harorat t ga bo‟gliq bo‟lib, ma‟lum vaqt 

ichida sodir bo‟ladi. 
Shuning uchun kristallanish egri chiziqlari t-

koordinatalarida quriladi (5-rasm). 


5-rasm. Kristallanishda sovish egri chiziqlari: 1- nazariy egri chiziq; 2- metallarning o‟ta sovib 
kristallanish egri chizig‟i; 3 – metallmas materiallarning kristallanish egri chizig‟i. 
O‟ta sovutmasdan turib metall kristallanishining ideal jarayoni 1 egri chiziq bilan 
tasvirlangan. Bu kristallanishning nazariy egri chizig’i hisoblanadi. Amalda kristallanish 
boshqacha kechadi, chunki metall qotish haroratida hali suyuq holatda bo‟ladi, kristallanish 
ancha past haroratda boshlanadi, ya‟ni kristallanish o‟ta sovish bilan bog‟liq bo‟ladi. 
Kristallanishning ideal va haqiqiy haroratlari orasidagi farqqa o’ta sovish darajasi deyiladi. 
Metallning o‟ta sovish bilan kristallanishiga 2 egri chiziq mos keladi. Metallmas 
materiallarning qotish egri chizig‟i 3 bo‟yicha kechadi, unda kristallanishning aniq ajralib 
turadigan harorat yo‟q, qotish asta-sekin kechadi.
O‟ta sovish darajasi donlarning o‟lchamlarini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. 
O‟ta sovish darajasi uncha katta bo‟lmaganda markazlarning soni ko‟p emas, lekin 
kristallarning o‟sish tezligi katta, shuning uchun sekin soviganda donlar kattalashib boradi. 
Sovish tezligi ortsa, kristallarning o‟sish tezligi kamayadi, markazlar soni ko‟payib, donlar 
maydalashadi.
Agar suyultirilgan metallga boshqa biron element zarralarini kiritsak, ular qo‟shimcha 
kristallanish markazlari vazifasini o‟taydi va mayda donli struktura hosil bo‟lishiga olib keladi. 
Chunonchi, suyultirilgan volframga toriy oksidining mayda zarralari kiritilsa, u e„lektr 
lampochkani kuyishdan saqlaydi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin