О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Abraziv materiallar 
Abrazivlar xarakterisktikasi. Abrazivlar deb, metal bo‟lmagan, konstruksion 
materiallarga ishlov berishda qo‟llanadigan moddalarga aytiladi. Ular o‟ziga yarasha 
qattiqlikka, o‟tkir kesuvchi qirralarga ega. Texnikada ishlatiladigan abraziv materiallar tabiiy 
(olmos, korund, kvars) va su‟niy (sintetik olmoslar, elektr-korund, kremniy karbidi) xillarga 
bo‟linadi. 
Abraziv materiallar uchun ularning donliligi, qattiqligi, mexanik mustahkamligi, abraziv 
xususiyatlari xosdir. ГОСТ 3647-80 ga ko‟ra abraziv materiallar to‟rt guruhga, ya‟ni 
silliqlovchi zarralarga, silliqlovchi kukunlarga, mikrokukunlarga va mayin mikrokukunlarga 
bo‟linadi. Har bir guruhdagi materiallar zarralarining nomerlari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Silliqlovchi zarralar va silliqlovchi kukunlarning donadorligi millimetrning yuzdan bir ulushi 
bilan, mikrokukunlar mikrometr bilan aniqlanadi. Abraziv materiallar zarralarining o‟lchamiga 
ko‟ra 28 ta nomerga bo‟linadi: silliqlovchi zarralar

200, 160, 126, 100, 80, 63, 50, 40, 32, 25, 
20, 16; silliqlovchi kukunlar

12, 10, 8, 6, 5, 4, 3; mikrokukunlar

M63, M50, M40, M28, M20, 
M14; mayin mikrokukunlar

M10, M7, M5. Abrazivlarning mineral qattiqligi maxsus shkala 
bo‟yicha nomerlanadi, unda olmosning qattiqligi 10 deb, qumtoshning qattiqligi
__
7, 
korundniki

9, kremniy karbidniki

9,5 deb qabul qilingan. 
Elektr-korund alyuminiyning kristal oksidi bo‟lib (99%Al
2
O
3
), yuqori qattiqlikka ega. 
Kremniy karbidi (karbarund SiC) 2000 
0
C haroratda kvars qumini ko‟mir kukuni bilan 
suyultirib aralashtirish yo‟li bilan olinadi, uning kesish xossalari juda yaxshi, lekin mo‟rt. Bor 
kabidi B
4
C qora rangli bo‟lib, kristall ko‟rinishidagi bor kislotasini uglerod bilan suyultirib 
aralashtirish yo‟li bilan olinadi, uning qattiqligi nihoyatda yuqori.
Keyingi vaqtlarda kubonit, elbor va slavutich kabi o‟ta qattiq materiallar keng ishlatila 
boshlandi. Kubonit va elbor bor bilan azotning kimyoviy birikmasi bo‟lib, qattiqligi 
olmosnikiga o‟xshash, otashbardoshligi jihatidan undan ustun turadi. Slavutich o‟ta qattiq, 
yeyilishiga chidamliligi va mustahkamligi yuqori materialdir.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin