О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Pо’lat yuzasini diffuzion tо’yintirish



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Pо’lat yuzasini diffuzion tо’yintirish 
Mashina vositalarining ishchi yuza qismlarining xossalarini va ish unumini oshirish 
uchun ular Al,Cr,Si,B,Ti kabi elementlar bilan diffuzion boyitiladi. 
Diffuzion alyuminiylash pо‟latlarni 850...900 
0
C gacha olovbardosh qilish uchun 
о‟tkaziladi. Pо‟lat buyumning yuzasida alyuminiy oksididan iborat zich parda ham hosil bо‟ladi 
va u metalni oksidlanishdan saqlaydi. 
Kо‟p hollarda kukunlar aralashmasi muhitida alyuminiyga tо‟yintiriladi. Detallar 25...50 
% alyuminiy kukuni yoki 50...75% ferroalyuminiy, 25...75% alyuminiy oksidi va 1% ammoniy 
xloriddan iborat aralashma bilan ko‟milib, 900...1050 
0
C hararoratda 3...12 soat pechlarda tutib 
turiladi. Bunda detalning 0,2...0,35mm sirtqi qatlami alyuminiyga tо‟yinadi.
Gazogenerator mashinalari detallari, termoparalarning giloflari va klapanlar kabi 
buyumlar alyuminiylanadi. 
Xromlash jarayonini qattiq, gaz va suyuq muhitda о‟tkazish mumkin. Maqsad - 
detallarning qattiqligini, yeyilishga chidamligini, korroziyabardoshligi, olovbardoshlik va 
issiqliqbardoshligini oshirish. Qattiq muhit sifatida 40...45% ferroxrom, 40...45% shamot va 
3...5% ammoniy xloridi kukunlari aralashmasi ishlatiladi. Harorat 1100...1150
0
C , vaqt 10...15 
soat. Shu sharoitda xromlangan qatlamning qalinligi 0,25...0,30 mm ga yetadi. 
Suyuq muhitda diffuzion xromlashda 20%CrCl
2
va 80%BaCl
2
dan iborat aralashma 
ishlatiladi. Detallar suyuqlantirilgan ana shu aralashma vannasida 950...1100
0
C da 4 soat 
chamasi tutib turilsa, 0,04...0,10 mm qalinlikdagi sirtqi qatlam xromlanadi. Diffuzion 
xromlangan detallar darhol harorati 70
0
С dan past bо‟lmagan suvda yoki moyda toblanadi.
Detallarni 950...1050 
0
C haroratda gaz holatidagi CrCl
2
muhitida xromlash usuli 
zamonaviy usul sanaladi. Xromlangan qatlam qalinligi 0,15...0,20 mm ga yetadi. 
Xromlash usulidan yemiruvchi muhitda ishlaydigan klapanlar, ventillar, patrubkalar kabi 
detallar, hamda parma, razvertka kabi asboblar uchun foydalaniladi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin