Metallarda kesish jarayonida issiqlik hosil bo‟ladi (47-rasm). Qirindi, keskich va zagatovka
issiqlik ta„sirida qiziydi.
47-rasm
Keskich ma„lum darajagacha qizigach, struktura o‟zgarishlari hisobiga yumshab
ishlov berishda
tez yeyiladi. Bu esa zagatovkani ishlash aniqligiga, yuza g‟adir – budurligiga va ishlov
unumdorligiga putur yetkazadi. Shuning uchun ajraluvchi issiqlikning turli tezlikda (metallni
issiqlik o‟tkazuvchanligiga va issiqlik sig‟imiga ko‟ra) qirindiga,
keskichga, zagatovkaga,
tashqi muhitga tarqaladi. Issiqlik balansi tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Q
il
+ Q
оl
+ Q
кеt
= Q
qir
+ Q
к
+ Q
z
+ Q
тm
;
Bunda Q
pl
– plastik deformatsiyadan ajraladigan issiqlik;
Q
оl
– qirindining oldingi yuzaga ishqalanishdan ajraladigan issiqlik;
Q
кеt
– Zagatovkaning keskichning ketingi yuzasiga ishqalanishdan chiqadigan issiqlik;
Q
qir
–qirindiga; Q
к
–keskichga; Q
z
–zagatovkaga; Q
тm
–tashqi muhitga o‟tadigan
issiqlik
miqdori.
Tadqiqotlarga ko‟ra tokarlik ishlarida ajralayotgan issiqlikning 50...80% qirindiga,
10...40% keskichga, 3...9% zagatovkaga o‟tadi va 1% nurlanish orqali tashqi muhitga tarqaladi.
Kesish tezligining va surish qiymatining oshishi, kesish chuqurligining ortishiga nisbatan
keskichning qizishiga kuchliroq ta„sir ko‟rsatadi.
Buning sababi shundaki, kontakt yuzasida
ajraluvchi issiqlik miqdori ortishi bilan bir vaqtda keskich tig‟iningi ishlanayotgan metallga
kontakt uzunligi ham ortadi. Demak, metallarni kesib ishlashda ish unumdorligini oshirish
uchun kesish yuzasi qiymatini kesish chuqurldigi hisobiga orttirish maqsadga muvofiqdir.
Metalarni kesish jarayonida sarflanuvchi hamma mexanik ish issiqlikka aylanadi.
Kesishga
sarflanadigan ish qiymati (A) quyidagicha ifodalanadi:
А = Р
z
∙ V kg m/min
Bunda Р
z
– kesish kuchi, kg; V – kesish tezligi, m/min. ajraluvchi issiqlikning umumiy
miqdorini esa quyidagicha aniqlash mumkin.
Q = A/427 = P ∙ V/427, kkan/min.
Bunda 427 – ishning issiqlik
ekvivalenti, kgm/kkal.
Dostları ilə paylaş: