boshqalar) sintezi sodir bo‗lib turadi. Bu birikmalar yuqori entalpiya va past
entropiyaga ega. Bunday molekulalarning hosil bo‗lishi sistemada erkin energiyani
ortishiga olib keladi. O‗z navbatida sintetik jarayonlar ekzergetik reaksiyalarsiz
sodir bo‗lmaydi. Bunday reaksiyalar uchun zarur energiya makroergik bog‗larga
guanozinuchfosfor kislota (GTF), sitozinuchfosfor kislota (STF), uridinuchfosfor
kislota, asilfosfat va boshqalar kiradi. Hujayraning energetik imkoniyati undagi
31
makroergik bog‗larga ega bo‗lgan birikmalar (birinchi navbatda ATF) bilan
baholanadi.
ATF doimo 2 ta hujayraviy jarayon natijasida sintezlanib turadi, bular
glikoliz va substratlarning biologik oksidlanishi (hujayra nafas olishi)
jarayonlaridir. Bu ikkalasi bevosita bir-biriga bog‗liq. Glikoliz hujayra
sitoplazmasida sodir bo‗ladi. Nafas olish makroergik bog‗larning hosil bo‗lishi
mitoxondriyalarda amalga oshadi. Nafas olish jarayoniga ko‗pgina fermentlar,
oqsil, yog‗ va uglevodlardan tarkib topgan substratlarishtirok etadi. Ular kislorod
ta‘sirida oksidlanadi, CO
2
va Н
2
O hosil bo‗ladi hamda o‗zida katta miqdordagi
energiya to‗plovchi ATF molekulasi sintezlanadi. Hujayraning energiyaga bo‗lgan
talabining asosiy qismi asosan ana shu ATF hisobiga qondiriladi (6-rasm). Bu
rasmda hujayra nafas olishining sxematik modeli tasvirlangan (Куценко, 2002).
Zanjir bo‗ylab harakatlanadigan elektron va protonlar energiyasi fermentlarni
faollashtiradi hamda ADF ning fosforlanishi amalga oshadi.
Toksikantlar ta‘sirining nozik (ahamiyatli) tomoni shundaki, ular
organizmda makroergik molekulalar hosil bo‗lishini izdan chiqaradi, buning
natijasida shu organizm to‗qima hujayralarida energiyaga bo‗lgan taqchillik
yuzaga keladi oxir-oqibatda bu jarayon to‗xtatilmasa, hujayraning nobud
bo‗lishiga olib keladi. Toksikantlar bundan tashqari organizmning nerv
sistemasiga, uning biologik faol suyuqliklari faolligiga ham jiddiy ta‘sir ko‗rsatishi
adabiyot manbalaridan ma‘lum.
Ma‘lumki, bioenergetik jarayonlarning buzilishi o‗z navbatida biologik
sistemalarning shikastlanishiga olib keladi. Margimush, simob va boshqa shunga
o‗xshash organik va noorganik, og‗ir metallar glikolizning enzimlarning sulfgidril
gruppalari va uchkarbon sikliga bevosita ta‘sir ko‗rsatib, ularning faolligini buzadi.
Bunday zaharli toksikantlarni sulfgidril zaharlar ham deb yuritiladi. Bular imkon
qadar tabiiy substratlar (ftorasetat, uglerod oksidlari va boshq.) ga tanlab ta‘sir
ko‗rsatadi. Ular enzimlarning faol markazlariga ta‘sir ko‗rsatib, uning
nofaollashtiradi, natijada hujayraning energiya ta‘minotini izdan chiqaradi.