83
Yana bu rasmda qatlamlar tarkibiga Si kirganini ko'ramiz. Gidrazin-ammiakli suv tartibida bu
qatlamlar asosiy miqdorda past bosimli silindrda uchraydi. Shuning uchun, ta'minot suv normalarini
belgilanishida Si birikmalariga katta ahamiyat beriladi.Turbinaning ko'rsatkichlari orasida yana bir
muhim ko'rsatkichi bor, bu rostlovchi pog'onasidan keyingi bosim. Gidrazin - ammiakli holatda bu
bosim normal qiymatidan 8-9 % ga ko'tariladi va ishga tushgan vaktda blok quvvati normadan 5-8
MVt kamroq bo'ladi .
Betarafli kislorodning suv tartibida uzoq muddat ichida (4 yil va undan keyin) bosim qiymati
normadan past bo'lib, blok quvvati 310 MVt gacha ko'tarilganadi Har xil suv tartiblari bir-biri bilan
solishtirilganda, turbina uchun beta-rafli kislorod holatining ma'qulligi ko'rinadi. IESlarda PBI jezdan
qilinganda, turbina ko'rsatkichlari uchun gidrazinli, ammiaksizli tartib to'g'ri keladi. Kondensatga
yuboriladigan gidrazin jezning yemirilish jarayoniga qarshi hususiyatini kuchaytiradi va bug'da Cu
miqdorini kamaytiradi.Har xil suv tartiblari solishtirilganda, gidrazin-ammiakli suv tartibida qatlamlar
eng ko'p miqdorda hosil bo'ladi, lekin past bosimli qismidagi oxirgi pog'onalarida uchramaydilar.
Metall yuzasi yemiri-lish jarayoniga uchraydi. Betarafli kislorodning suv tartibida qatlam-lar baravar
yoki kamroq bo'ladi va oxirgi pog'onalarning metall yuzasidagi qatlamlar tufayli emirilish jarayonidan
himoya qilinadi.Yana bir suv tartiblaridan kompleksonli holati metall yuzasiga yaxshi ta'sir qiladi. Shu
holatda turbinani hamma pog'onalarida metall yuzasida himoyali parda hosil bo'ladi.Kompleksonli suv
tartibi turbinaning foydalanishida eng samarali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: