Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
Alyuminiy va uni ishlab chiqarish. Sof alyuminiy oq rangli plastik metall bo‟lib, uning
suyuqlanish harorati 657
o
S. U o‟zidan elektr tokini va issiqlikni yaxshi o‟tkazadi (faqat
kumush va misdan keyingi o‟rinda turadi). Uning sirtida hosil bo‟lgan oksid parda (Al
2
O
3
) o‟z
ostidagi qatlamni oksidlanishdan saqlaydi. Shu sababli u korroziyabardosh hamdir. Qayd
etilgan xususiyatlariga ko‟ra mashinasozlikda, elektrotexnikada va boshqa sohalarda keng
qo‟llaniladi.
Alyuminiy tabiatda eng ko‟p tarqalgan metall bo‟lib, yer qobig‟ining 8,8 foizini tashkil
etadi. U juda aktivligi sababli tabiatda sof holda uchramaydi. Alyuminiy tog‟ jinslaridagi
gidratlarda (AlO(OH)), Al(OH)
3
va boshqa birikmalarda uchraydi.
Yer qobig‟ida taxminan 250 dan ortiq alyuminiy minerallari bo‟lib, ulardan sanoatda
foydalaniladiganlariga boksitlar, nefelinlar, apatitlar, alunitlar va kaolinlar kiradi.
Alyuminiy rudalarining yirik konlari Uralda, Sibirda, Kola yarim orolida, Sankt-
Peterburgda, Boshqirdistonda, O‟rta Osiyo respublikalarida va boshqa joylarda bor.
Alyuminiyni alyuminiy birikmalaridan olish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:
1. Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidini olish.
2. Alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish.
Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidlarini olish. Alyuminiy rudalaridan alyuminiy
oksidlarini olishda rudaning tarkibidagi begona jinslarning xiliga va miqdoriga qarab ishqorli,
kislotali va elektrotermik usullaridan foydalaniladi.
Agar ruda tarkibida qumtuproq oz, temir oksidi ko‟proq bo‟lsa, ishqorli usul
qo‟llaniladi. Masalan, boksid tarkibida 30-57% gacha Al
2
O
3
; 16-35% Fe
2
O
3
; 3-13% SiO
2
; 2-4%
TiO
2
, 3% gacha CaO va 10-18% H
2
O bo‟lib, uning tarkibidagi SiO
2
ishqorda eriydi. Temir
oksidi esa erimay, oson ajraladi.
Agar ruda tarkibida qumtuproq ko‟proq, temir oksidi kamroq bo‟lsa, kislotali usul
qo‟llaniladi. Masalan, kaolinlar (Al
2
O
3
2SiO
2
2H
2
O) tarkibida esa 39-40% Al
2
O
3
; 1,5% Fe
2
O
3;
36-45% SiO
2
; 15-20% H
2
O bo‟lib temir oksidi kislotada eriydi, qumtuproq esa erimaydi.
Agar ruda tarkibida qumtuproq ham, temir oksidi ham bo‟lsa, elektrotermik usuldan
foydalaniladi.